Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkor kundaligi

Telegram kanalining logotibi tadbirkorkundaligi — Tadbirkor kundaligi T
Telegram kanalining logotibi tadbirkorkundaligi — Tadbirkor kundaligi
Kanal manzili: @tadbirkorkundaligi
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.21K
Kanalning ta’rifi

💼Biznes, fikrlar va g'oyalar. Muvoffaqiyatga birga erishamiz
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UC7IyqcfYCb2JyddahAZuBiQ
REKLAMA BO'LIMI:
👉 @Tadbirkorlar_uz
.
Takliflar bn:
@SapayevTG

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2021-01-31 20:05:16
Biznesingizni nima muvaffaqiyatsiz qilmoqda?

1. Siz tinimsiz foyda haqida o‘ylaysiz
Har qanday biznesning asosiy maqsadi - pul ishlashdir. Ammo tadbirkorni foyda olish fikri ta’qib qilsa, mijozlar bilan munosabatlar yomonlashishi mumkin. Inson omili haqida unutmang. Qaror qabul qilayotganda, mijozlaringizga nima kerakligini yodingizda tuting.

2. Siz hamma narsani boshqarishga harakat qilasiz
Barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish yo‘lini tanlagan tadbirkorlar dastlab yakka o‘zi yaxshi ishlashlari mumkin. Ammo biznes o‘sib borishi bilan ularning hamma narsani boshqarishga bo‘lgan ehtiyoji biznes faoliyatiga e’tiborni yetarlicha qaratishga to‘sqinlik qiladi.

3. Ob’yektivlikni unutasiz
Tadbirkorlar o‘z g‘oyalari yoki mahsulotlariga tom ma’noda oshiq bo‘lishlari odatiy hol. Har qanday harakat, g'oya va loyihaga tashqaridan nazar solishga odatlaning.

Keyingi maslahat: Ilon Maskdan milliard dollarlik ertalabki tartib


@Tadbirkorkundaligi
1.0K viewsedited  17:05
Ochish/sharhlash
2021-01-31 02:14:36 МИКРОҚАРЗЛАР
(29.01.2021 йил ҳолатига)

Hamkorbank
Фоизи ва муддати:
1 йилга - 26%
2 йилга - 28%
3 йилга - 30%

Ўзсаноатқурилишбанк
Онлайн микроқарз
Муддати 12 ой
Фоизи 26,9%
Миқдори 2 миллион сўмдан 20 миллион сўмгача
Имтиёзли давр 1 ой

Туронбанк
Кредит миқдори 50 млн. сўмгача
Фоизи 26%
Таъминотга учинчи шахс кафиллиги ёки суғурта полюси тақдим қилганда 24 ойга - 26% (БҲМ 100 баробаригача)
Таъминотга мол - мулк тақдим қилинганда
36 ойга - 26%

Халқ банки
Муддати 12 ой
Фоизи 29%
Миқдори БҲМнинг 100 баробаригача

Микрокредитбанк
Муддати 12 ой
Фоизи 24-25%дан кам бўлмаган миқдорда
Миқдори – БҲМнинг 100 баробаригача

Ипак Йўли банки
Муддати 24 ойгача
Фоизи 31 %
Миқдори – БҲМнинг 100 баробаригача

Гаров асосида
микроқарз
Муддати 60 ойгача
Фоизи 26,9 %
Миқдори 50 млн. сўмгача

Ziraat Bank Uzbekistаn
Фоизи - 24%, 25%, 26%
Муддати - 36 ойгача
Миқдори 50 млн. сўмгача

Poytaxt Bank
Фоизи 26% 28%
Муддати 12 - 24 ой
Миқдори 50 млн. сўмгача

Трастбанк
Онлайн микроқарз
Муддати 12 ой
Фоизи 23%
Миқдори 500 мингдан 10 млн. сўмгача
Онлайн микроқарз фақат банк иш ҳақи пластик картасига эга мижозлар учун ажратилади

Қишлоқ қурилиш банк
Муддати 12 ой
Фоизи 26 %
Миқдори - БҲМнинг 150 баробаригача (кафиллик асосида)

Ипотека-банк
Муддати 12 ой
Фоизи 27 %
Миқдори 50 млн сўмгача (кафиллик ва гаров таъминоти асосида)

Агробанк
Муддати 12 ой
Фоизи 23 %
Миқдори ўртача иш ҳақининг 1 баробаригача (2млн.гача таъминотсиз, 5 млн.сумгача кафиллик асосида).


@Tadbirkorkundaligi
.
1.5K viewsedited  23:14
Ochish/sharhlash
2021-01-31 02:13:33
Ishga kirishdagi suhbat paytida hech qachon aytmaslik kerak bo‘lgan ba’zi narsalar

"Sizning kompaniyangiz nima bilan shug‘ullanadi?"
Bu kabi savollar sizni oddiy Google qidiruvini ham amalga oshira olmaydigandek ko‘rinishga olib keladi. Haqiqatan ham, qo‘lingizdan kelgancha kompaniya va suhbatdoshingiz haqida bir oz mustaqil tadqiqot o‘tkazing.

"Men eng malakali ishchi emasligimni bilaman, lekin ..."
Shubhasiz, siz suhbatga chaqirildingizmi, demak, suhbatdoshingiz sizni yetarli darajada malakali deb o‘ylaydi. Bunday gaplarni gapirish orqali siz shunchaki o‘zingizni kamsitgan bo‘lasiz.

Avvalgi ishingiz yoki rahbarlaringiz haqida yomon fikrlar
Oldingi ishingizdan shikoyat qilsangiz sizni noprofessional hisoblashadi. Avvalgi ish beruvchingizga iloji boricha ijobiy munosabatda bo‘lishga harakat qilish juda muhim.

Keyingi maslahat: Muvaffaqiyatli startap uchun 3 ingredient


@Tadbirkorkundaligi
.
1.3K viewsedited  23:13
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:20:55 ​​Samsung kompaniyasi haqida qiziqarli faktlar

• Kompaniyaga 1938-yil 1-martda Li Byong-Chxol tomonidan Seul shahrida asos solingan. «Samsung» so‘zi koreys tilida «uch yulduz» ma’nosini anglatadi va bu koreyslarda birdamlik ramzi sanaladi.

• Samsung hozirda o‘zining elektronika tovarlari bilan tanilgan, biroq tashkil topganining ilk yillarida kompaniya, mahalliy yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va quritilgan baliq savdosi bilan shug‘ullangan.

• 2020-yil holatiga ko‘ra, Samsung tarkibiga 80 ga yaqin yirik kompaniyalar va minglab kichik tashkilotlar kiradi. Samsung butun dunyo bo‘ylab 80 ta mamlakatda 4,9 million nafar ishchi-xodimga ega.

• Samsung kompaniyasining qurilishga ixtisoslashgan bo‘limi ham mavjud bo‘lib, uning muhandislari dunyodagi eng baland inshoot sanalmish Burj Xalifa minorasini hamda Petronas egizak binolari va Taipei 101 imoratlarini ham barpo qilgan.

• Samsungning eng ko‘p sotilgan smartfoni Samsung Galaxy S4 bo‘lib, uni butun dunyo bo‘ylab 80 milliondan ortiq mijoz xarid qilgan. Eng ko‘p sotilgan klavishli telefoni esa Samsung E1110 bo‘lib, uning savdolari 150 million dona qurilmaga yetgan.

• Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Samsungning bozor kapitali 278.7 milliard dollarga teng.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.6K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:20:33
Sizni haydovchi sifatida ishlashga taklif qilamiz.

18 yoshdan 40 yoshgacha
Ish haqi 1.600.000 dan 5.500.000 so'mgacha.

Batafsil ma'lumotlar


https://telegram.me/joinchat/AAAAAECgF-hRL-97TWIAWQ
1.3K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:15:20
Deputatlar saylov kunini ko‘chirishga oid qonunni qabul qildi

Senat ham ushbu qonun loyihasini ma'qullab, prezident imzolasa, 2021-yilgi prezidentlik saylovi 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.2K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:15:10
Buyuk Britaniya Alisher Usmonov va Roman Abramovichga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

"Everton" va "Chelsi" klublariga doxil ikki rus oligarxiga sanksiya kiritishni Aleksey Navalniy so‘ragan edi. Buni Britaniya parlamentining qator deputatlari ham yoqlab chiqdi.

Endi ingliz hukumati bu masalani ko‘rib chiqyapti. Eslatib o'tamiz, Britaniya–Rossiya munosabatlari Skripallar zaharlanishidan keyin sovuqlashgan.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.2K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:15:10
Chorsudagi sobiq “GUM” 242,8 mlrd so‘mga sotildi

“Toshkent savdo markazi”ni sotish bo‘yicha lot 2020-yil mayida ham e’lon qilingan, ammo birorta ham ariza kelib tushmagach, boshlang‘ich summa 30 mlrd so‘mga kamaytirilgandi. Ikkinchi auksionga bittagina kompaniya – “Buyuk Eco Savdo” MCHJdan ariza tushdi va u g‘olib deb topildi. — Spot


@Tadbirkorkundaligi
.
1.2K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2021-01-29 18:15:02
O‘zbekistonda korrupsionerlar ro‘yxati tuziladi

Shavkat Mirziyoyev bosh prokurorga korrupsiyaga qo‘l urgan shaxslar ro‘yxatini tuzishni topshirdi. Prezidentning aytishicha, ularning masalasi “keyin ko‘rib chiqiladi”.

“Bosh prokuror 1 oyda hamma tumanni korrupsiya bo‘yicha “diagnozi”ni qiladi. 1 oydan keyin Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazadi.

Shungacha u har bir tumanga tashxis qo‘yadi, nega “kasallangan”, nega “tuzalmayapti”, kim qo‘llab-quvvatlayapti ularni”,
– dedi prezident.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.3K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2021-01-28 18:00:35
KFC haqida qiziqarli ma’lumotlar

Palkovnik David Sanders — KFC fast-food asoschisi bo‘lib, u KFC ga 65 yoshida asos solgan. Unga bu g‘oya ilk marta 1929-yillarda paydo bo‘lgan.

G‘arbda tezkor oziq-ovqat franshizasi KFC bo‘lib, unga 1987-yilda Xitoyga asos solingan. Hozirda KFC ning Xitoy 4560 dan ortiq savdo do‘konlari mavjud. Dunyo bo‘ylab esa 136 ta davlatda 22 600 dan ortiq do‘konlari bor.

1991-yilgacha ushbu savdo markasi Kentucky Fried Chicken deb nomlangan. Ammo ba’zi so‘zlar salbiy assotsiatsiyani anglatganligi uchun, KFC qisqartmasidan foydalanishga qaror qilingan.

KFC restoranlar tarmog‘i dunyo bo‘yicha McDonald's restoranlar tarmog‘idan keyin o‘zining filiallarining ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. 

KFC ning birinchi rasmiy do‘koni O‘zbekistonda 2018-yil 12-sentabrda Brands'ning franchayzing hamkori International Food Chain kompaniyasi Toshkentdagi birinchi KFC restoranini ochdi. Restoran «Buyuk Ipak Yo’li» metro bekati yaqinida joylashgan.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.5K views15:00
Ochish/sharhlash