Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkor kundaligi

Telegram kanalining logotibi tadbirkorkundaligi — Tadbirkor kundaligi T
Telegram kanalining logotibi tadbirkorkundaligi — Tadbirkor kundaligi
Kanal manzili: @tadbirkorkundaligi
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.21K
Kanalning ta’rifi

💼Biznes, fikrlar va g'oyalar. Muvoffaqiyatga birga erishamiz
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UC7IyqcfYCb2JyddahAZuBiQ
REKLAMA BO'LIMI:
👉 @Tadbirkorlar_uz
.
Takliflar bn:
@SapayevTG

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2021-02-08 07:55:10
UzAuto Motors Equinox sotishni to‘xtatdi

Modellar qatori yangilanishi strategiyasi sababli, Chevrolet Equinoxning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi to'xtatiladi.

Shu munosabat bilan UzAuto Motors bu modelni yetkazib berish bo'yicha mijozlar bilan shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Bungacha tuzilgan shartnomalarga muvofiq Equinox avtomobillari xaridorlarga to‘liq yetkazib beriladi, deyilgan kompaniya axborotida.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors Equinox'ni AQSHdan olib kelib, ustiga 11 ming dollar qo‘ygan holda, 33,6 ming dollardan sotayotgan edi. Kompaniya import bojlari va utilizatsiya yig‘imi to‘layaptimi-yo‘qmi, noma’lum.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.3K viewsedited  04:55
Ochish/sharhlash
2021-02-07 13:30:31 ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИ БЎЙИЧА ЯНГИ ТАРТИБ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори
(05.02.2021 й.) билан Молия вазирлиги томонидан жойлаштириладиган маблағлар ҳисобидан ипотека кредитлари ажратиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

Низомга кўра, Молия вазирлиги томонидан банкларга ажратиладиган маблағлар ва банклар томонидан қарз олувчиларга бериладиган ипотека кредитлари:

20 йилдан кўп бўлмаган муддатга бозор (фоиз) ставкасида ажратилади;
улар учун аннуитет тўловлар тартиби татбиқ этилади ва имтиёзли давр белгиланмайди;
фоиз ставкаси Марказий банкнинг асосий ставкаси пасайтирилган тақдирда, мутаносиб равишда камаяди, оширилган тақдирда ўзгаришсиз қолади.

Мазкур низом қоидалари:

шаҳар ва қишлоқ жойларда қурилган бирламчи уй-жой бозорида кўп квартирали уйлардаги квартираларни сотиб олишда;
Тошкент шаҳри, Андижон, Наманган ва Фарғона вилоятларида тажриба тариқасида 2020 йил 1 майгача умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида ажратилган ер участкаларида якка тартибдаги уй-жойларни қуриш (қайта қуриш) учун ипотека кредитларини ажратишда қўлланилади.

Шунга кўра, банклар ва қарз олувчиларга нисбатан мувофиқлик мезонлари ва уларга маблағлар ажратиш тартиби белгиланди.

Фуқароларга ипотека кредити банклар томонидан:

● бозор ставкасида;
● 20 йилдан кўп бўлмаган муддатга;
● бошланғич бадали тажриба ўтказилаётган вилоятларда якка тартибда қурилаётган уй-жой қийматининг 10 фоизидан кам бўлмаган миқдорда;
● сотиб олинадиган квартира қийматининг қишлоқ жойларда камида 10 фоизи, шаҳарларда камида 20 фоизи миқдорида;
қишлоқ жойларда ва шаҳарларда – 1 ва 2 хонали квартиралар учун 240 млн сўмгача, 3 ва ундан кўп хонали квартиралар учун 320 млн сўмгача;
Тошкент шаҳрида – 1 ва 2 хонали квартиралар учун 264 млн сўмгача, 3 ва ундан кўп хонали квартиралар учун 352 млн сўмгача берилади.

Мазкур тартиб якка тартибдаги уй-жой қурлишига рухсат олиб, лекин кейинчалик бирламчи бозорда сотиш мақсадида қурилган кўп квартирали уйлардаги квартираларни ипотека кредитлари орқали сотишга татбиқ этилмайди.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.5K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2021-02-07 11:38:46
"Puldor bo'lishning ikkita yo'li mavjud, xolos. Birinchisi nihoyasiz istaklarni jilovlash, ikkinchisi esa pulni ko'paytirishdir. Ikkalasini bir vaqtda amalga oshirgan inson donodir"


@Tadbirkorkundaligi
.
1.3K viewsedited  08:38
Ochish/sharhlash
2021-02-07 10:55:02 Darvoza
Reshotka
Kachelya
Kozerok
Skameyka
Shungga o'xshash turli xali hizmatlarimiz mavjud
+998906058389
https://t.me/Darvozachi_uzb
1.3K views07:55
Ochish/sharhlash
2021-02-06 21:54:34
Apple elektromobilining taxminiy ko‘rinishi namoyish qilindi

Apple elektromobili 18 daqiqada 80 foizgacha quvvatlanishi, 1 martalik quvvat bilan 500 kmni bosib o‘tishi rejalashtirilyapti.

Mashina 257 km/soatgacha tezlikda harakatlanishi kutilmoqda.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.5K viewsedited  18:54
Ochish/sharhlash
2021-02-06 21:43:20
“Agar lapashang bo‘lganimda, bu yerni mehmonxona qurish uchun so‘raganlarga berib yuborgan bo‘lardim”

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2 yil oldingi intervyusida “Moviy gumbazlar” xiyoboni haqida eslab o‘tgandi.

“Masalan, “Moviy gumbazlar” – katta daraxtlar o‘sib turgan joy. Bu joyni mehmonxona qurish uchun so‘rashdi. Agar qat’iyatsiz inson bo‘lganimda, berib yuborgan bo‘lardim. Men bu joyni saqlab qolish uchun ham uni atayin bog‘ qildim”, – degandi Ortiqxo‘jayev.

Kuni kecha bu bog‘da “Istiqlol” majmuasi qurilishi ma’lum bo‘ldi. Hokimiyat jamoatchilik bilan maslahatlashmasdan, majmua uchun shu yerni tanladi. Fikri inobatga olinmagan shahar ahli bunga e’tiroz bildirmoqda.

Bu e’tirozlarni Saida Mirziyoyeva ham qo‘llab-quvvatladi. “Shahar jamoat joylari, ayniqsa yashil bog‘ hududlari muhofaza qilinishi, asralishi va kengaytirilishi lozim. Jamoat va shahar aholisining fikrini e’tiborga olmasdan ularni tubdan o‘zgartirish mumkin emas”, – dedi Mirziyoyeva.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.4K viewsedited  18:43
Ochish/sharhlash
2021-02-06 21:42:22
Xato qilishdan qoʻrqmang, tajribalar qilishdan choʻchimang, koʻp ishlashdan qoʻrqmang.
Balki sizda hech narsa oʻxshamas,
balki, vaziyat sizdan ustun kelar, lekin siz shu ishlarni qilib koʻrmasangiz, keyin juda ham achinishingiz mumkin.

Nimagaki, sizda ikkita variant bor:
Oʻxshaydi yoki oʻxshamaydi.
Agar siz tajriba qilib koʻrmasangiz sizda faqat bitta variant boʻladi.
• Shunday ekan qoʻrqmang!
• Ishlang!
• Tajribalar qiling!
• Oʻqing, izlaning!
Sizga toʻgʻri yordam beradigan odamlarni toping!
Va yana bir bor oʻz ustingizda ishlang!


@Tadbirkorkundaligi
.
1.4K viewsedited  18:42
Ochish/sharhlash
2021-02-02 07:31:34
Yaponiyalik erkak hechqanday ish qilmasdan pul topishning yo'lini topdi

37 yoshli Shoji Morimoto pul topishning antiqa va ishonish qiyin bo'lgan yo'lini o'ylab topdi. Ya'ni u hechqanday ish qilmaydi, ishga bormaydi lekin pul topadi.

Shoji Morimotoning aytishicha, unga hechqanday ish qilish yoqmaydi. Shu sabab u 2 yil oldin Twitterda:

"Men o'zimni hechqanday ish qilmaydigan odam sifatida ijaraga beraman. Do'konga yolg'iz borishni xohlamasangiz, doktorga borishga sherik bo'lmasa, birga ovqatlanadigan yoki suhbatlashadigan odamingiz bo'lmasa menga murojat qiling. Mening qo'limdan oddiy narsalardan tashqari hechnima kelmaydi" degan ma'noda e'lon qoldirdi.

Bu e'lon ko'pchilikning e'tiborini tortdi va uni izlay boshladi. Dastlab Morimoto odamlar chaqirganda xizmat haqi olmasdi. Hozirda esa, Morimoto xizmatlari uchun, hatto birga ovqatlangani uchun ham 10 000 yena ($96) atrofida pul oladi.

Morimoto xizmatiga talabgor asosan yolg'iz yashovchi va yolg'izlikdan qiynalayotgan odamlardir.


@Tadbirkorkundaligi
.
405 viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2021-02-02 07:31:34
"Qog'oz pullar" qog'ozdan yasalmaydimi?

— "Qog'oz pullar" paxta va zig'ir tolalari qo'shilishi bilan yasaladi. Ularning tarkibida kam miqdorda kislota ham bor, shuning uchun ular uzoqroq vaqt foydalaniladi. Bosmalardan keyin material jelatinga o'xshash eritmada "yopishtiriladi", bu esa uning chidamliligini oshiradi.

Masalan, AQSh dollari 75% paxta va 25% choyshabdan iborat.

— Qo'shimcha qilib aytish mumkinki, pul qog'ozining kuchi maxsus asbob - faltsera yordamida o'lchanadi. "Qog'oz pul" namunalari bir necha minglab egilishlar natijasida yirtilmasligi kerak. Oddiy qog'oz esa faqat 20 tagacha bunday egilishga bardosh bera oladi.


#Pullar
#Qiziqarli_malumot


@Tadbirkorkundaligi
.
345 viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2021-01-31 22:06:05
Dunyodagi eng boy yozuvchi kim ekanligini bilasizmi?

Jeyms Patterson — 800 million dollarlik boylikka ega bo‘lgan amerikalik muallif.

Pattersonning kitoblari bugungi kungacha dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Har yili Jeyms Patterson sayyoradagi eng ko‘p maosh oladigan beshta muallifdan biri hisoblanadi. U yiliga 30-70 million dollar ishlab topadi.

«Aleks Xoch» turkumining bosh qahramoni hayoliy psixolog Aleks Kross atrofida bo‘lgan romanlari bilan tanilgan.

Patterson shuningdek Maykl Bennett, «Ayollar qotilligi klubi», «Maksimum sayr», «Daniel X, Jodugar va sehrgar» turkumlarini hamda ko‘plab mustaqil trillerlar, fantastik va romantik romanlar yozgan.

Patterson 1976-yildan beri 95 ta roman yozgan va ketma-ket 19-sonli «Nyu-York Tayms» ning eng ko‘p sotilgan romanlari bo‘lgan. U Nyu-York Taymsda bitta muallif tomonidan jami 76 ta eng ko‘p sotilgan.


@Tadbirkorkundaligi
.
1.0K viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash