Get Mystery Box with random crypto!

O‘qi | إِقۡرأۡ

Telegram kanalining logotibi tadabbur_bilan — O‘qi | إِقۡرأۡ O
Telegram kanalining logotibi tadabbur_bilan — O‘qi | إِقۡرأۡ
Kanal manzili: @tadabbur_bilan
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.35K
Kanalning ta’rifi

O‘qi deya buyurgan Zot, o‘qidingmi deya so‘ramasmi?
«Tafakkur bilan o‘qilgan bir oyat, tadabbursiz o‘qilgan xatmi Qur'ondan yaxshidir.»
Ibn Qoyyim rohimahulloh
Manbasiz olinshingiz mumkin.
29.06.2021🎬

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-13 15:09:01 #Allohdan_ozgaga_shikoyat_qilmaslik

Ahnaf ibn Qaysning jiyani kelib, boshiga yetgan kulfatdan shikoyat qila boshladi. Ahnaf yuz o‘girib oldi. U yana bir necha bor shikoyatini boshladi, har safar yuz o‘girib olaverdi. Nihoyat jiyaniga qarab: «Ey jiyanim, qachon senga bir musibat yetsa, shikoyatingni hojatingni chiqarishga qodir Zotgagina aytgin, bandasiga shikoyat qilma! Chunki insonlar sen uchun ikki toifa bo‘ladi: do‘sting bo‘lsa, darding bilan uning dilini og‘ritasan. Yoxud dushmaning bo‘lsa, dimog‘ini chog‘ qilasan», dedi. So‘ng odamlarga yuzlanib: «Allohga qasamki, qirq yildan buyon shu ikki ko‘zimning bittasi umuman ko‘rmaydi, ammo shuncha yildan beri buni xotinim ham, oila a’zolarim ham bilishmaydi», dedi.

@tadabbur_bilan
1.1K views12:09
Ochish/sharhlash
2022-08-13 07:15:14
Бомдод намозига беэътибор бўлиш, унинг вақтини уйқу сабаб ўтказиб юбориб қазо қилиш-энг катта гуноҳлардан, ва бу мунофиқлар амалидандир.

Ибн Боз, "Ал-Мажмуъ"

@tadabbur_bilan
920 views04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-12 16:19:59
#Ibrat

Tabib o‘zining avtomashinasiga “Agar tibbiy maslahat kerak bo‘lsa meni to‘xtating!”, deb yozib qo‘ygan ekan.

@tadabbur_bilan
856 views13:19
Ochish/sharhlash
2022-08-10 03:24:00 #дуо

Аллоҳим, зурриётимни Сенга топширдим. У кўзимдан ғойиб бўлсада, Сендан асло ғойиб бўлмайди, кўриб турасан.
Эй Роббим! Зурриётимни, биродар ва аҳбоб, дўстларим зурриётини барча инсонлар ёки жинларнинг ёмонлигидан сақлагин.
Аллоҳим, уларни бозорлар ёмонлигидан, йўқолиб қолишдан, ўғирлаб кетилишдан асрагин, муҳофаза қилгин. Бахтсиз йўл ҳодисаси ёмонлигидан, ғам-ғуссалар ва дунё мусибатларидан уларни Ўзинг паноҳингда асра.

@tadabbur_bilan
1.2K views00:24
Ochish/sharhlash
2022-08-09 11:44:00
Ёшлар.. Сизнинг Бадрингиз интернет, Уҳудингиз ота-она ризосидир. Бомдод намозингиз, Макканинг фатҳи каби қадрлидир.

Нуреддин Йилдиз
1.1K views08:44
Ochish/sharhlash
2022-08-09 11:41:17
Бир жамиятнинг аёллари ўқимас экан, муваффақиятга эришиш имконияти йўқ.
939 views08:41
Ochish/sharhlash
2022-08-08 14:55:42 Farzandlarning qori bo'lishlarida eng katta sabablardan biri bu soliha ayol.

Ushbu suhbatni yaqinlaringizga yuboring.

Shayx Alijon qori
887 viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:48:10 Hurmatli kanalimiz a’zolari!
Ertaga arab tilini 0 dan boshlovchi ayol-qizlar uchun oxirgi bepul darsimiz bo’lib o’tadi. Qatnashish istagidagilar bo’lsa

https://t.me/+uSswEYLI8wY1ZGJi

ushbu ssilka orqali guruhga qo’shilib dars soatini belgilab darsga qatnashishlari va agar xohlasalar to’lov qilib davom ettirishlari mumkin.
1.1K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2022-08-06 04:24:10 #hikmat

“Alloh taolo mo‘min uchun jannatdan boshqa narsani rohat qilib bermagan”.

Hasan Basriy rahimahulloh

Shunday ekan bu dunyodan rohat izlamang!

@tadabbur_bilan
1.1K views01:24
Ochish/sharhlash