Get Mystery Box with random crypto!

#Allohdan_ozgaga_shikoyat_qilmaslik Ahnaf ibn Qaysning jiyani | O‘qi | إِقۡرأۡ

#Allohdan_ozgaga_shikoyat_qilmaslik

Ahnaf ibn Qaysning jiyani kelib, boshiga yetgan kulfatdan shikoyat qila boshladi. Ahnaf yuz o‘girib oldi. U yana bir necha bor shikoyatini boshladi, har safar yuz o‘girib olaverdi. Nihoyat jiyaniga qarab: «Ey jiyanim, qachon senga bir musibat yetsa, shikoyatingni hojatingni chiqarishga qodir Zotgagina aytgin, bandasiga shikoyat qilma! Chunki insonlar sen uchun ikki toifa bo‘ladi: do‘sting bo‘lsa, darding bilan uning dilini og‘ritasan. Yoxud dushmaning bo‘lsa, dimog‘ini chog‘ qilasan», dedi. So‘ng odamlarga yuzlanib: «Allohga qasamki, qirq yildan buyon shu ikki ko‘zimning bittasi umuman ko‘rmaydi, ammo shuncha yildan beri buni xotinim ham, oila a’zolarim ham bilishmaydi», dedi.

@tadabbur_bilan