Get Mystery Box with random crypto!

#maqola NAMOZ PAYTIDAGI MAKRUH HOLATLAR - Uzrsiz yoʻtalish; | Surxonmuslim.uz

#maqola
NAMOZ PAYTIDAGI MAKRUH HOLATLAR

- Uzrsiz yoʻtalish;
- Qiroatga xalal beruvchi narsani ogʻizda saqlash;
- Rukuʼ holatida bosh yelkadan baland turishi;
- Noʻxot kattaligida taom yeyish;
- Oyat va tasbehlarni barmoq bilan sanash;
- Sunnatlardan birortasini qasddan tark etish;
- Qiroatni rukuʼda tamom qilish;
- Ikki koʻzni yumib turish;
- Namoz tugamay, peshonasini artish;
- Namoz payti libosni tekislash;
- Tuflash;
- Qasddan bir oyatni yarmida toʻxtatib, boshqasini boshlash;
- Peshonani yerga tekkizmay, sallani tekkizish;
- Jamoatga odam qoʻshilganda imom ovozini pasaytirishi;
- Namozni imom choʻzib yuborishi;
- Yeng tirsakkacha chiqishi, burun qoqish;
- Takbirni takror aytish;
- Uzrsiz devorga yoki ustunga suyanish;
- Mehrob ichiga butunlay kirib olib namoz oʻqish;
- Bosh yo qosh bilan biron soʻzni ishora qilish;
- Tahorat tang boʻlib turganda namoz oʻqish;
- Qabrga yo najasga qarab namoz oʻqish;
- Oldinda joy boʻlsa-da, ortda namoz oʻqish;
- Boshyalang namoz oʻqish – bularning bari namoz chogʻi qilinsa, makruhdir.

Namoz o‘qiydigan inson eng avvola namozning farzlarini, vojiblarini bilish kerak.
Sherobod tumani "Sherobod" jome masjidi imom noibi Samandar Po‘latov.
https://t.me/surxonmuslimuz