Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) S
Telegram kanalining logotibi surxondaryoadliya — Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
Kanal manzili: @surxondaryoadliya
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.84K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.
📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.
Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 86

2023-01-20 17:50:16
#FAOLIYAT

Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 21- dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etgan tadbirda qonunchilik targ‘iboti olib borilib, xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
325 viewsMadina Mirzayeva, 14:50
Ochish/sharhlash
2023-01-20 13:12:07
#Bu_muhim

Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
444 viewsMadina Mirzayeva, 10:12
Ochish/sharhlash
2023-01-20 09:53:44
Hozirgi kunda bola puli miqdori qancha?

Batafsil

Muallif: Boysun tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti - A.N.Abdiraximov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-sitе
666 viewsMadina Mirzayeva, edited  06:53
Ochish/sharhlash
2023-01-20 08:42:59
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'idan ozod qilinadi.

Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o'n sakkiz yoshga to'lmagan to'rt va undan ortiq bolalari bo'lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalardir.

Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limining ma'lumotnomasi asosida beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
628 viewsMadina Mirzayeva, 05:42
Ochish/sharhlash
2023-01-20 08:42:59
#Bilasizmi

Gripp yuqtirish va uning og'ir asoratlarini boshidan o'tkazish xavfi yuqori bo'lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlangan.

Unga quyidagilar kiradi:

homilador ayollar;
6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma'lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
60 yoshdan oshgan shaxslar;
6 oylikdan 59 oylikkacha bo'lgan bolalar;
tibbiyot xodimlari;
“Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
423 viewsMadina Mirzayeva, 05:42
Ochish/sharhlash
2023-01-19 20:05:49
#Adliya_xabari

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYga borish shart emas

Hukumatning 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son qaroriga asosan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDY boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etildi.

Endilikda bola tugʻilishi bilan, tibbiyot muassasa u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan:
bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDY boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDY boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari ushbu maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDY boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

Eslatma: Otalik belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDY boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.

Maʼlumot uchun: Yangi tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
654 viewsУлуғов, 17:05
Ochish/sharhlash
2023-01-19 16:06:14
Кимлар бепул дори-дармон билан таъминланиши керак?

Батафсил




Каналга уланиш
https://t.me/hudud24official
______________________________
#Ҳуқуқ
650 viewsУлуғов, 13:06
Ochish/sharhlash
2023-01-19 15:39:02
“E-QAROR” — SHAFFOF, JAMOATCHILIK UCHUN OCHIQ TIZIM

Ma’lumki, 2021-yil 1-iyuldan boshlab, “E-qaror” elektron tizimi orqali hokimliklarning qarorlari qabul qilib kelinmoqda. Prezident qaroriga asosan, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim orqali qabul qilish va e’lon qilish boshlandi.

Xususan, joriy yilning 6-yanvar kuni tizim orqali viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining dastlabki buyrug‘i e’lon qilindi. Bugungi kunga qadar “E-qaror” tizimi orqali viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan 6 ta idoraviy hujjatlar e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish nazarda tutilgan.
531 viewsMadina Mirzayeva, 12:39
Ochish/sharhlash
2023-01-19 14:44:29
Pedagog xodimlarni quyidagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Batafsil

Muallif: Boysun tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti - Z.A.Hamroyev

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram I Facebook I Youtube I Web-site
728 viewsMadina Mirzayeva, 11:44
Ochish/sharhlash
2023-01-19 13:16:31
#FUQAROLARGA_YORDAM_REJIMI

Anomal sovuqda fuqarolarga qaynoq kofe va choy ulashilib, manzillariga eltib qo'yilmoqda.

Uzun tuman Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizga xodimlar tomonidan issiq choy, kofe hamda turli shirinliklar ulashilmoqda. Shuningdek, Davlat Xizmatlari Markazlariga yaqin joyda bo‘lsalar tashqarida turib qolmasdan markaz ichkarisiga kirib isinib olishlari uchun imkoniyat yaratilgan.

Bundan tashqari, keksalar, nogiron, yosh bolali ayollarni zarur hollarda “Damas” xizmat avtomashinasi yordamida yaqindagi bekatlarga, shahar, tuman markaziga yoki uyiga qadar yetkazib qo‘yish xizmatlari ham ko'rsatilmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, barcha hududlardagi davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun nafaqat davlat xizmatlari balki, zaruriy yordamlar ham ko'rsatilmoqda.

Eslatib o'tamiz, barcha davlat xizmatlaridan ko‘chaga chiqmay, uyda turib my.gov.uz portali orqali elektron tarzda foydalanish imkoniyati mavjud!
197 viewsMadina Mirzayeva, 10:16
Ochish/sharhlash