Get Mystery Box with random crypto!

Mnemonikauzb

Telegram kanalining logotibi super_miyalar — Mnemonikauzb M
Telegram kanalining logotibi super_miyalar — Mnemonikauzb
Kanal manzili: @super_miyalar
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.00K
Kanalning ta’rifi

🧠Xotirani rivojlantirishga oid postlar
📌Ingliz tilidan soʻz yodlash usullari
🗝Motivatsiylar
📈Shaxsiy rivojlanish
🔥Xohlagan sohangizda mukammal darajada ega boʻlasiz
📮 Reklama uchun: @Mnemonikauzb_rek
📝Admin: @MNEMONIKAUZB_Admin

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-04 05:52:29
Har doim uyg'onganimizda miyamiz shunchalik ko'p energiya ishlab chiqaradiki, bu lampochkani ishlashi uchun yetarli ekan!
Shuning uchun, ertalab olingan bilim xotirada yaxshi qoladi, qilingan ishlar barakali bo'ladi.


@Super_Miyalar
493 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  02:52
Ochish/sharhlash
2023-01-03 18:27:02 Nima uchun yoshlar oʻrtasida xotira sustligi juda koʻp uchramoqda? Ehtimol, ular birovlarga xotirasi yomonligidan shikoyat qilar. Aslida esa, ularda xotira emas, balki kuzatuvchanlik juda yomon.

Tomas Edison oʻzining 27 nafar laboranti oy davomida har kuni olti lampa sexidan Nyu-Jersi shtatidagi Menlo — parkda joylashgan zavodning bosh binosiga boradigan yoʻldan qatnashni aniqlab oldi. Bu yoʻlda gilos daraxti oʻsar edi, ammo oʻsha 27 kishi bilan savol-javob oʻtkazilganida, birortasi ham uning mavjudligini umuman payqamaganligi maʼlum boʻldi. Bularning barchasi insonlarning kuzatuvchanliklarining yomonligidandir. Yoshlar, umuman olganda barcha insonlar uchun ham kuzatish zarur. Bu xotirani yaxshilashning birinchi usuli, desak ham boʻladi.

Xotirani mustahkamlovchi yana bir asosiy omillardan biri bu ovoz chiqarib oʻqishdir. Linkoln ongiga kerakli maʼlumotni aks ettirmoq uchun ikki his-tuygʻu aʼzosidan foydalangan. U — “Men qachon ovoz chiqarib oʻqisam, fikr ikkita his etish aʼzosi orqali qabul qilinadi. Birinchidan, nimani oʻqisam, oʻshani koʻraman, ikkinchidan, men uni eshitaman, shuning uchun juda yaxshi eslab qolaman,” degan.

“Xarpes” jurnalining sahifalarida shunday yoziladi: “Sanalarni esda saqlash juda mushkul, chunki ular raqamlardan iborat; raqamlar ifodasiz koʻrinadi va xotirada mustahkam saqlanmaydi. Ular suratlardan iborat emas, shu bois koʻzga oʻrnashib qolmaydi. Suratlar — tasvirlar raqamlarni eslashga yordam beradi. Ular xotirada deyarli hamma narsani saqlab qoladi. Agar bu tasvirni oʻzingiz yaratsangiz yana-da yaxshi.” Demak, keyingi qoida bu tasvirlar orqali maʼlumotni eslab qolishdir.

Yoshlar orasida biror nimani yodda olib qolish uchun takrorlash usuli ham katta ahamiyat kasb etadi. Qohiradagi Al-Azhar universiteti dunyoda eng yirik oliy oʻquv yurti hisoblanadi va unga kirish imtihonida har bir talabgordan Qurʼonni yoddan aytib berish talab qilinadi. Bu kitobni ovoz chiqarib oʻqish uchun uch kun vaqt ketadi. Arab talabalari ishonish qiyin boʻlgan bunday jasoratni amalga oshirishni qanday uddalaydilar?Siz cheksiz miqdordagi maʼlumotni yetarli darajada tez-tez takrorlab tursangiz, yodlab ololasiz. Eslab qolishni istagan maʼlumotlarni takrorlang. Ulardan foydalaning, amalda tatbiq eting. Oʻzaro suhbatlarda yangi soʻzlarni ishlating.

Oʻtkir xotira egalari bugun yoshlar orasida ham yoʻq emas. Ulardan biri xalqaro xotira sport ustasi Husniddin Ismoilovdir. Biz oddiy telefon raqamlarini bir zumda unutib qoʻyayotgan zamonda Husniddin bir soatda 1460 ta, 5 daqiqada 240 ta raqamni eslab qolishga erishdi. U bunday xotiraga qanday erishdi? Yurtdoshimiz bu muvafaqqiyatga mnemonika orqali erishganini aytgan edi. Mnemonika — eslab qolish sanʼati. Sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Bunda biz soʻzlarni eslab qolish uchun ularni bosh harflarini birlashtirib, soʻz yasab uddalay olishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, yuksak xotiraga ega boʻlish uddalab boʻlmas ish emas. Aslida u juda oson: kuzatuvchanlik, diqqatni jamlashni oʻrganish, sanalarni yodda saqlab qolish uchun suratlar bilan bogʻlanish, ismni esda saqlash uchun uning maʼnosini bilish, qanday yozilishiga eʼtibor berish, darsliklarni qayta-qayta takrorlash orqali esda qoldirish va albatta mnemonika — esda saqlab qolish sanʼati kabi yoʻllardan iborat.

 


@Super_Miyalar
509 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  15:27
Ochish/sharhlash
2023-01-03 11:26:22
Bu kasallik aniq sizda ham bor!

Nomofobiya yoki telefonsiz qolish qo'rquvi bizni toboro qaram qilib olayotgan muammo (atama 2008 yilda paydo bo'lgan), ammo bu unchalik jiddiy emasdek tuyuladi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har ikkinchi odam tarmoqni uzoq vaqt tark etganda, uyda telefonni unutib qo'yganda yoki zaryadsizlangan batareyada qolganda xuddi shunday qo'rquvni boshdan kechiradi.

Ish va shaxsiy hayot gadjetlar bilan bog'langan zamonaviy dunyoda bunday noqulaylikni boshdan kechirish odatiy hol. Ammo agar u haqiqiy qo'rquv va vahima ichida rivojlana boshlasa - bu allaqachon Internetga qaramlikning alomatlaridan biri sifatida qabul qilinishi mumkin.  Bunday holatlarda, psixologlar haftasiga kamida bir marta telefonda dam olish kunini tashkil qilishni maslahat berishadi - kun davomida qasddan smartfonni o'chirib qo'ying va barcha uchrashuv va muloqotlarni yuzma-yuz o'tkazing.


@Super_Miyalar
501 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  08:26
Ochish/sharhlash
2023-01-03 07:23:36 Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar  aytilishini bilasizmi?
Sizga ham foydasi tegadi!

Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda koʻrasan. Agar uyquning oʻrniga oʻqishni tanlasang, orzularingni hayotda koʻrasan.
Qachonki sen hammasiga juda kech boʻldi deb oʻylasang, aslida hali erta boʻladi.
Oʻqish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.
Oʻqish — bu vaqt sarflash emas. Oʻqish — harakat qilish.
Hayot faqat oʻqishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib oʻta olmasang, nimaga ham qodir boʻla olarding?
Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.
Kimki hammasini erta qilsa, oʻzining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.
Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat oʻz ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.
Vaqt uchadi. Hozirgi soʻlaging ertaga koʻz yoshi boʻladi.
Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur boʻlasan.
Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.
Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.
Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.
Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.
Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib boʻlmaydi.


@Super_Miyalar
863 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  04:23
Ochish/sharhlash
2023-01-02 18:08:30
#MOTIVATSIYA


Abituriyentlar albatta ko'rsin!

@Super_Miyalar
527 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  15:08
Ochish/sharhlash
2023-01-02 09:06:58
#Fakt
Gennis rekordlari kitobiga kiritilgan eng aqlli odam bu Kim Ung Yong(김 웅영)  hisoblanadi. U 4 yoshida 4 ta tilni mukammal bilgan va eng qiyin matematik misollarni qiyinchiliksiz yechgan

@Super_Miyalar
566 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  06:06
Ochish/sharhlash
2023-01-02 05:09:00 Miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun samarali 5 usul

Miyaning faol ishlashi uchun tashqi omillar juda qattiq ta’sir qiladi. Odatda tanamizning miya atalmish muhim a’zosi zo‘riqadigan bo‘lsa, insonning umumiy holati ham bevosita yomonlashadi. Miyaning hamisha faol va rag‘bat bilan ishlashi uchun qanday usullardan foydalanish kerakligini bilasizmi?

1. Bodom yeng.

Aniqlanishicha, bodom inson xotirasini kuchaytirish xususiyatiga ega. Bodom moyini sut bilan aralashtirgancha uyqu oldidan yoki tong paytida ichib olsangiz, tez orada ijobiy natijalar yaqqol sezila boshlaydi. Miya faoliyatini yaxshilashda bodomli ichimlikning o‘rni ham beqiyosdir. Uni tayyorlash uchun bodomning po‘sti archib olinadi, maydalab chiqiladi va ustiga suv solib, shakar qo‘shiladi.

2. Olma sharbati iste’mol qiling.

Massachusets universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, olma sharbati asablarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan atsetilxolin moddasining ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Buning oqibatida esa xotira yaxshilanib, miya faolroq ishlay boshlaydi.

3. To‘yib uxlang!

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uyqu paytida insonning kun davomida ko‘rgan-kechirganlari miyada qaytadan aylana boshlaydi. Natijada kishi xotirasi yaxshilanadi.


4. Oddiy narsalardan ham zavq ola biling.

Stress miya imkoniyatlariga qarshi kurashadi. Miya stress holatida xotira zaxiralarini har doimgidan ko‘proq ishlatadi, bu esa uning sustlashishiga olib keladi. Har kuni mayda va oddiy, ammo yoqimli ishlar bilan shug‘ullanishni odat tusiga kiriting. Musiqa tinglang, bolalar bilan o‘ynang, toza havoda sayr qiling, sevimli mashqlar va badantarbiya bilan shug‘ullaning.

5. Parhez tuting.

Tabobatda qisqa muddatli ochlik tananitozalashi va undagi toksinlarni chiqarib tashlashi allaqachon o‘z isbotini topgan. Og‘ir taomlar ovqat hazm qilish tizimi bilan birga miya faoliyatiga hamsalbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Vaqti-vaqti bilan bir kunlik parhez tutish orqali esa nafaqat kasalliklar, balki charchoq va bezovtalik, miyadagi zo‘riqish hissidan xalos bo‘lasiz.


@Super_Miyalar
584 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  02:09
Ochish/sharhlash
2023-01-01 20:19:44
Qiyomatga 1 yil yaqinlashdik! Uyg'oning!

@Super_Miyalar
544 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  17:19
Ochish/sharhlash
2023-01-01 18:35:42
Tom & Jerry
Hayrli kech  azizlar
Kayfiyatni ko´taring

Bizning kanal:
@Super_Miyalar
545 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  15:35
Ochish/sharhlash
2023-01-01 14:53:34 ​ZAMZAM qudugʻi haqida ...

Zamzam qudugʻi yer satxidan tahminan 13 metr pastda joylashgan...
Qizigʻi shunda-ki, undan soniyasiga 8000 litr tezlikda suv tortib olinganida uning satxi deyarli 50 metr pastga tushib ketadi...
Suv olish toʻxtatilganida esa 11 daqiqadan soʻng, u yana eski satxiga qaytib oladi...

... Aniqroq hisob-kitob qiladigan boʻlsak, quduqdan daqiqasiga 480 000 , soatiga 28 800 000 , sutkasiga 691 200 000 litr suv olinadi...
Endi Ismoil alayhissalom davrlaridan beri qancha suv chiqqanini tasavvur qilib koʻring. Qancha suv olinmasin, u yana 11 daqiqada oʻzini tiklab oladi...

Olimlar fikriga koʻra Zamzamning bulogʻi toʻxtamay suv chiqarib yuborsa Yer yuzi suv ostida qolishi mumkin ekan...
Holbuki Zamzam soʻzining oʻzi ham Xojar onamiz aytgan “zimom” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, toʻxtash degan maʼnoni anglatadi...

Biz bilgan va bilmagan Zamzam ...

1. Yevropadagi laboratoriyalarning birida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Zamzam suvida boshqa tur suvlarga nisbatan kamroq oltingugurt mavjud ekan.

2. Oʻsha tadqiqotga koʻra, Zamzam boshqa suvlardan toʻyimliroq va minerallarga boyroq.

3. Bu suvning manbasi hali maʼlum emas. Qayerdan kelishini zamonaviy texnologiya ham aniqlolmagan. Yaqin atrofda biror suv havzasi yoʻq, dengizdan esa 80 km. uzoqlikda. Bu sharoitda suvning dengizdan kelishi mumkin emas. Asrlar mobaynida Zamzam qanday tugamay turibdi – buni hech kim bilmaydi.

4. Zamzam ochqaganni toʻydiradi, chanqaganni qondiradi.

5. 1,5 metr chuqurlikdagi kichik quduqdan chiqadigan suv, haj mavsumida millionlab hojilar chanqogʻini qondirishga yetadi.

6. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining eʼtirofiga koʻra, Zamzam dunyodagi eng xushxoʻr va foydali suvlardan biridir.

7. AQSHda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, dunyoda tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar boʻlmagan yagona suv Zamzamdir.

8. Ilmiy isbotlarga koʻra, ichilgan Zamzam suvi hech qachon beldan pastga tushmaydi. Tanadan siydik yoʻli orqali emas, terlash bilan chiqib ketadi.


@Super_Miyalar
919 views𝚂𝚑𝚘𝚑𝙹𝚊𝚑𝚘𝚗, edited  11:53
Ochish/sharhlash