Get Mystery Box with random crypto!

​ZAMZAM qudugʻi haqida ... Zamzam qudugʻi yer satxidan tahmi | Mnemonikauzb

​ZAMZAM qudugʻi haqida ...

Zamzam qudugʻi yer satxidan tahminan 13 metr pastda joylashgan...
Qizigʻi shunda-ki, undan soniyasiga 8000 litr tezlikda suv tortib olinganida uning satxi deyarli 50 metr pastga tushib ketadi...
Suv olish toʻxtatilganida esa 11 daqiqadan soʻng, u yana eski satxiga qaytib oladi...

... Aniqroq hisob-kitob qiladigan boʻlsak, quduqdan daqiqasiga 480 000 , soatiga 28 800 000 , sutkasiga 691 200 000 litr suv olinadi...
Endi Ismoil alayhissalom davrlaridan beri qancha suv chiqqanini tasavvur qilib koʻring. Qancha suv olinmasin, u yana 11 daqiqada oʻzini tiklab oladi...

Olimlar fikriga koʻra Zamzamning bulogʻi toʻxtamay suv chiqarib yuborsa Yer yuzi suv ostida qolishi mumkin ekan...
Holbuki Zamzam soʻzining oʻzi ham Xojar onamiz aytgan “zimom” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, toʻxtash degan maʼnoni anglatadi...

Biz bilgan va bilmagan Zamzam ...

1. Yevropadagi laboratoriyalarning birida oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Zamzam suvida boshqa tur suvlarga nisbatan kamroq oltingugurt mavjud ekan.

2. Oʻsha tadqiqotga koʻra, Zamzam boshqa suvlardan toʻyimliroq va minerallarga boyroq.

3. Bu suvning manbasi hali maʼlum emas. Qayerdan kelishini zamonaviy texnologiya ham aniqlolmagan. Yaqin atrofda biror suv havzasi yoʻq, dengizdan esa 80 km. uzoqlikda. Bu sharoitda suvning dengizdan kelishi mumkin emas. Asrlar mobaynida Zamzam qanday tugamay turibdi – buni hech kim bilmaydi.

4. Zamzam ochqaganni toʻydiradi, chanqaganni qondiradi.

5. 1,5 metr chuqurlikdagi kichik quduqdan chiqadigan suv, haj mavsumida millionlab hojilar chanqogʻini qondirishga yetadi.

6. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining eʼtirofiga koʻra, Zamzam dunyodagi eng xushxoʻr va foydali suvlardan biridir.

7. AQSHda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, dunyoda tarkibida mikroorganizm va bakteriyalar boʻlmagan yagona suv Zamzamdir.

8. Ilmiy isbotlarga koʻra, ichilgan Zamzam suvi hech qachon beldan pastga tushmaydi. Tanadan siydik yoʻli orqali emas, terlash bilan chiqib ketadi.


@Super_Miyalar