Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Adliya vazi | ©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bilan hamkorlikda vebinar tashkil etildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi tergov departamentining xodimlari hamda viloyat va tuman Ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlarining xodimlari onlayn ishtirok etishdi.

Vebinarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati va mutaxassislarining “Sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizasining imkoniyatlari” haqidagi ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruza davomida Markaz faoliyati va yangi joriy etilgan ekspertiza turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek amaliyotda ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bo’yicha savol-javob bo’lib o’tdi va kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.