Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “O | ©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6256-sonli Farmoni bilan Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish belgilandi.

Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yilning 22-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 704-son Qarori qabul qilindi va Markaz tuzilmasida Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institut tashkil etilgan kunidan boshlab bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.