Get Mystery Box with random crypto!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining S | ©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi ish rejasiga asosan 120 ta uslubiyotlarni 2022-yil davomida tanqidiy ko‘rib chiqish, bugungi kun talablariga mos ravishda yangilash va tizimlashtirish bo‘yicha Sud ballistika va trasologiya ekspertizasi, Sud-portret ekspertizasi yoʻnalishlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu yig‘ilishlarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofa vazirligi, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, “PROEX” nodavlat sud ekspertiza tashkilotidan vakillar ishtirok etdi.

Yig‘ilishlarda Sud ballistika va trasologiya ekspertizasi, Sud-portret ekspertizalari uchun tayyorlangan uslubiyotlarning dolzarbligi muhokama qilindi.

Muhokamalar natijasida ishchi guruh a’zolari har bir metodik qo‘llanmalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Uslubiyotlarni ko‘rib chiqish va ularni tizimlashtirish yuzasidan dastlabki takliflarni bir oy mobaynida shakllantirish rejalashtirildi.