Get Mystery Box with random crypto!

Studentlar kanali live | Rasmiy ✔

Telegram kanalining logotibi student_kanali_live — Studentlar kanali live | Rasmiy ✔ S
Telegram kanalining logotibi student_kanali_live — Studentlar kanali live | Rasmiy ✔
Kanal manzili: @student_kanali_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.64K
Kanalning ta’rifi

🎓Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan kanaldasiz.
⚡Abituriyentlar va Talabalar hayotiga oid tezkor xabarlar
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari.
Murojat uchun: @creator_29
Reklama uchun: @Advertisingmarket

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-04-22 16:00:27
#Rasman: Xotirani rivojlantirish kursiga RAMAZON OYI UCHUN CHEGIRMA BILAN qabul boshlandi!

Bizda nimalar o‘rgatiladi:


Chet tilida haftasiga mingta so‘z yodlash metodikasi.
Badiiy kitoblarni 3 soatda tushungan holda o‘qib tugatish uslubi.
Qiyin atamalarni tezkor eslab qolish.
Yuz va ismlarni eslab qolish.
Vaqtdan unumli foydalanish.
Barcha telefon raqamlarini miyada saqlash.
Bir necha yuz xonali raqamlarni ham osongina eslab qolish yo‘llari.
Miyani keraksiz ma‘lumotlardan tozalash.


Shoshiling, fursat juda oz qolmoqda! Kurs haqida batafsil
https://t.me/superxotira/407
1.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-04-22 11:01:27
#Rasmiy

Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

Yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.5K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-04-22 06:49:48 #Rasmiy

​​ Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi. Qabul shu yildan amalga oshadi!

Namanganda Pokistonning Lahor universiteti bilan hamkorlikda xalqaro universitet tashkil etiladi.

Mazkur oliy o‘quv yurti Yangi Namangan tumanidagi 2-tibbiyot kolleji hamda sobiq diagnostika markazida joylashishi va ushbu loyihaga 10 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fakultetlar tashkil etilishi belgilangan:

Tibbiyot
Stomatologiya
Farmatsevtika
IT (information technology)
Xalqaro huquq
Biznes

Loyiha doirasida 2022—2023-o‘quv yili 500 nafar talaba qabul qilish, 2024-yilga kelib esa ularning sonini ikki baravar oshirish rejalashtirilmoqda.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.4K views03:49
Ochish/sharhlash
2022-04-21 22:57:55
#bayram_muborak

Juma Ayyom muborak
dindoshlarim..

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.7K viewsedited  19:57
Ochish/sharhlash
2022-04-21 16:39:01 #kayfiyat

Studentlar haqida ikki qator she'r.

​​Stipendiya kech kelar,
Kassir saralab berar,
Byudjetlarni puli bor,
Kantraktlar aybdor.

Arz qilamiz kimga ham,
Bankda ozi pullar kam.
Isbot uchun har yili,
Dekan minar jiguli,

Fakultet der qulayman,
Oqimay ham o'lay man.
Balki shudir g'alaba,
Zato bizlar Student...

Studentlarga yuborib qo'yamiz!

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.6K views13:39
Ochish/sharhlash
2022-04-21 15:21:54
#Diqqat

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Do'stlaringizga ulashing

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.5K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-04-20 16:29:01
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori muvofiq 2022 yil 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.

Hujjatlar joriy yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
4.2K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-04-20 13:13:38 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.


Do'stlaringizga ulashing
@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.7K viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash
2022-04-19 16:29:01 ​​ O'qituvchilar o'quvchilarning telefonini olib qo'yishga haqqi bormi?

Qonunchilikka asosan, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda sumkasiga solib qo‘yishi shart.

TAQIQLANADI

Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.


RUXSAT ETILADI

Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

TARTIBNI BUZSA

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, o‘qituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qo‘yishi mumkin.

M:YQQUZB
@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.7K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-04-19 12:25:01
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga.

–Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilari oʻz vaqtida fuqarolik pasporti, yaʼni ID karta olishlari shart.

XTV maʼlumotiga koʻra, ayni paytda 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID karta maʼlumotlarini kiritish talab etiladi.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.8K views09:25
Ochish/sharhlash