Get Mystery Box with random crypto!

Studentlar kanali live | Rasmiy ✔

Telegram kanalining logotibi student_kanali_live — Studentlar kanali live | Rasmiy ✔ S
Telegram kanalining logotibi student_kanali_live — Studentlar kanali live | Rasmiy ✔
Kanal manzili: @student_kanali_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.64K
Kanalning ta’rifi

🎓Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan kanaldasiz.
⚡Abituriyentlar va Talabalar hayotiga oid tezkor xabarlar
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari.
Murojat uchun: @creator_29
Reklama uchun: @Advertisingmarket

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-04-25 16:29:01
Tolibon Afg‘onistondagi universitetlarda yigitlar va qizlar uchun alohida ta’lim joriy qildi.

Talaba qizlar shanba, dushanba va chorshanba kunlari, talaba yigitlar yakshanba, seshanba va payshanba kunlari universitetlarga boradilar.


@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-04-25 16:00:18
#Diqqat_Savol
Podshox Namrud, Ibrohim alayhisalomni yoqish uchun gulhan yoqganda barcha o'rmon xayvonlari uni o'chirishga xarakat qilishdi. Lekin ularni ichidan bittasi alangani kuchaytirish uchun olovga puflagan. Payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. to qiyomat kunigacha bu xayvonni qayerda ko'rsangiz o'ldiring dedilar. Bu xayvon qaysi ?
2.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-04-25 14:23:41 #Rasmiy

Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 bo'ladi.

Demak, joriy yilda xuddi o‘tgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 189 bo‘ladi.

Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Ta’lim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

XULOSA: joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.0K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-04-25 10:06:07
Talabalar qaysidir fanni o‘zining OTMsida emas, boshqa OTMda ham o‘qishi mumkin bo‘ladi.

"Masalan, Moliya institutida kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talaba biror fanni Iqtisodiyot universitetida o‘qishi mumkin. Faqat buning uchun OTMlar o‘rtasida shartnoma bo‘lsa yetarli", – deya ma’lumot berdi Oliy ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Vohid Zayniddinov Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.1K views07:06
Ochish/sharhlash
2022-04-25 06:45:01
#Rasmiy

OTMlarga kirish test sinovlari uchun toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi.

Prezident farmoni bilan OTMlarga kirish test sinovi uchun toʻlov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi. Unga koʻra, quyidagi toifadagi abituriyentlardan toʻlov undirilmaydi:
– test sinovlari tashkil etilayotgan yilda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
– nogironligi boʻlgan shaxslar;
– toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
– “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.3K views03:45
Ochish/sharhlash
2022-04-24 19:00:52 #kayfiyat

Odam tanasini institutga oʻxshatganimizda qanday boʻlar edi!

Talabalar - eritrotsitlar (juda koʻp ular)

Zam Dekanlar - qon (hamma ishni ular bitiradi...)

Dekanlar - Jigar (hech kim bilan ishi yoʻq, doim tepaga qonni toza qilib yetkazadi)

Oʻqituvchilar - Qoʻl-oyoq (ular boʻlmasa bilim olinmaydi)

Prorektorlar - Koʻr ichak (borligi nima yoʻqligi nima)

Starostalar - ovoz paychalari (ular bo‘lmasa qolganlar nima deyishni bilmaydi)

Rektor - "........." (oʻzingiz tushundingiza)

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
4.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-04-24 15:23:26 #Diqqat

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab xotin-qizlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan:

oliy ta’lim muassasalarida, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga budjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat uchun — 50 nafar, magistratura uchun — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
4.1K views12:23
Ochish/sharhlash
2022-04-23 16:29:21
Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi Telegramdagi talabalar guruhida aqidaparastlik g‘oyalarini aks ettirgan audiofayllarni yuborib, talabalar orasida targ‘ib etgan. Unga qonunga xilof harakati uchun sud hukmi bilan 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
3.0K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-04-23 16:00:49
Hozirda 75% IELTS & DTM ga tayyorlanuvchilar bu Testda adashishmoqda! Sizchi?

Test orqali o'z darajangizni aniqlab oling!

You .............. a pronoun!


A) is C) are
B) - D) am

Sizni tanlovingiz qaysi? Vaqt ketti
2.7K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-04-22 16:29:01
#Rasmiy

Shavkat Mirziyoyev «Yangi Oʻzbekiston» universitetining loyihasi bilan tanishdi


Universitet uchun Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumani Doʻrmon yoʻli koʻchasi boʻyida 30 gektar yer ajratilgan. Majmua loyihasi Turkiyaning «Outdoor Factory» kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Unga koʻra, bu yerda 5 ta fakultet uchun oʻquv binolari, maʼmuriyat, oʻqituvchilar va talabalar uchun yotoqxonalar, oshxona, kutubxona, laboratoriya, sport saroyi va stadion barpo etiladi.

Ayni vaqtda ushbu hududda Prezident maktabi bor. Kelgusida Prezident taʼlim muassasalari agentligi ham shu yerda joylashadi.


@Student_kanali_live
Barchaga tarqating
 
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
652 views13:29
Ochish/sharhlash