Get Mystery Box with random crypto!

Studentlar kanali live | Rasmiy ✔

Telegram kanalining logotibi student_kanali_live — Studentlar kanali live | Rasmiy ✔ S
Telegram kanalining logotibi student_kanali_live — Studentlar kanali live | Rasmiy ✔
Kanal manzili: @student_kanali_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.64K
Kanalning ta’rifi

🎓Siz Talaba va Abituriyentlarni o'zida jamlagan kanaldasiz.
⚡Abituriyentlar va Talabalar hayotiga oid tezkor xabarlar
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari.
Murojat uchun: @creator_29
Reklama uchun: @Advertisingmarket

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-08-18 14:40:12
Dadajonim har safar kontraktimizni to'laganlarida...

Ushbu videoni talaba do'stlaringizga va ularning ota-onalariga yuborib qo'ying

Muhammadali Eshonqulov

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
1.6K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 12:49:56 #Tezkor

Rasman: Bir oliygoh ichida turdosh yo'nalishlarga o'qishni ko'chirishga ruxsat berildi

O'zbekiston Respublikasi OO'MTV vakolati doirasida talabalar o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) haqidagi arizalarni ko'rib chiqish komissiya yig'ilishining 1-son bayoniga muvofiq, bir oliy ta'lim muassasasi doirasida mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish to'g'risidagi arizalar 25-avgustga qadar qabul qilinadi.

Endilikda esa hududiy ishchi guruhlarga bir oliygoh doirasida ta'lim yo'nalishini o'zgartirish bo'yicha arizalarni offlayn qabul qilish va yakuniy xulosani OTM mustaqil qabul qilishi bo'yicha ko'rsatma berildi.

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
1.6K views09:49
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:02:40
#diqqat

“Ikkinchi bosqichgacha fanlarni yaxshi o‘zlashtirmagan talabalarga oliy ta’lim diplomi berilmaydi” – Abduqodir Toshqulov

Mutaxassilik fanlarini o‘zlashtirishga qiynala boshlagan talabalarga texnikum diplomi beriladi” – deydi oliy ta’lim vaziri.

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.1K views07:02
Ochish/sharhlash
2022-08-13 15:14:49 Talaba lug’ati

Abituriyentlik davri – “Yolg’izlikning yuz yili”
1-avgust – “Asrga tatigulik kun”
Imtihon – “Dahshat”
Imtihonga kirish oldidan tekshiruv – “Alvido, qurol”
Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyent – “Bemor”
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyent – “Alvido, bolalik” yohud “Qushdek yengil bo’ling”
Universitet – “Javohirlar sandig’i”
Talaba – “Odam bo’lish(i) qiyin”
Dars – “Suv ostida sakson ming kilometr”
Ma’ruza – “Tushda kechgan umrlar”
Konspekt – “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
Amaliy mashg’ulot – “Jimjitlik”
Talabalar darsga tayyor emas – “Abadiyat qonuni”
Stipendiya – “Ulug’bek xazinasi”
Sessiya – “Bozor dunyo” yohud “Dunyoning ishlari”
Qayta topshirishga qolgan talaba – “Urushning so’nggi qurboni”
Amaliyot – “Gulliverning sayohatlari”
Talabalik yillari – “Bahor qaytmaydi”…

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.1K views12:14
Ochish/sharhlash
2022-08-13 11:18:05 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) bilan kelishlari lozim!

Ma’lumki, 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari ikki smenada:

-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tmoqda.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

-smenada 06:30 ga qadar;
-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Shu sababli barcha abituriyentlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlarini so‘raymiz.

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
1.8K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-08-11 21:01:17 #Diqqat #natijalar

10-avgust kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi

8-9-10-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini maxsus bot orqali bilib olishlari mumkin.

Abituriyentlar o‘z natijalarini bilish uchun "Abituriyentlar ruxsatnomasi"ning quyi qismida ko'rsatilgan faqatgina QR-kod joyini rasm ko'rinishida yoki ID raqamini yuborgan holda bilib olishlari mumkin.

Natijalarni aniqlab beradigan bot:

@Mandatlar_bot @Mandatlar_bot
@Mandatlar_bot @Mandatlar_bot

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
1.8K views18:01
Ochish/sharhlash
2022-08-10 19:50:38 PEREVOD

Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.1K views16:50
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:46:52 #diqqat #abituriyentlar

​​Ko‘pchilik abituriyentlar bir xil ball to‘plasa, lekin kvota soni kam bo‘lsa nima bo‘ladi?

Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?

JAVOB QUYIDAGIChA:

● Davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi;

● Kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxiridagi kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan deb hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi;

● Xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
1.9K views15:46
Ochish/sharhlash
2022-08-05 13:58:10
"Perevodchi"lar diqqatiga

Bugun 5-avgust sanasida o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul qilishning so'nggi kuni.

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun
my.dtm.uz sayti orqali;

Yurtimiz oliygohlaridan o'qishni ko'chirish va tiklashda esa
transfer.edu.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tiladi.

Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.6K views10:58
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:50:01 Rasman: Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.


Bizni kuzatib boring
@Student_kanali_live

Barchaga tarqating
https://t.me/joinchat/KK-f3OMxHE81YTdi
2.6K views16:50
Ochish/sharhlash