Get Mystery Box with random crypto!

​​Bir shifokor xikoya qiladi: Mening bir bemorim bor edi. U | 🌸СОЛИХА АЁЛ🌸

​​Bir shifokor xikoya qiladi:

Mening bir bemorim bor edi. U yoshgina qiz bo'lishiga qaramay saraton kasalligiga chalingan edi. Uni davolashga uzoq vaqt davomida bor imkoniyatlarimizni ishga solardik. Natijalar yaxshi bo'layotgan edi. Shu holda kamida 5 yil yaxshi parvarish bilan davolanishi kerak edi. 4 yil vaqt o'tib, u mendan boshqa uzoq shaxarga qarindoshinikiga borib kelishga izn so'radi. Qattiq yalinganidan yoq deyolmay, samalyotda borish sharti bilan rozi bo'ldim. U esa chipta ololmay avtobusda yolga chiqibti. Avtohalokat tufayli 6 soat sovuqda qolib ketgan. Shamollash suyak va boshqa a'zolarga o'tib ketgan. Uni uyiga olib keldik. Judayam oz umri qolgan edi. Kerakli dorilarni qabul qilib yotar edi men har kuni undan xabar olar edim. Hatto gapira olmay qolgandi, arang bo'g'inlarni chiqarardi. Rahmim kelib unga bildirmay yig'lab olardim. Bir kuni u "...men ..siz ..dan xafa ..man" dedi. Men nega deb so'radim. "menga islomni o'rgatmapsiz" degan ma'noda arang so'zladi. O'zimni aybdor xis qildim. Aytdimki, buni chin qalbdan o'rganish kerakda. U "o'rgating" dedi. Shundan boshlab bilganimcha bir chekadan iymon va islom tushunchalarini o'rgata boshladim. Bir kuni aytdiki: - Men o'lim vaqtida nima deyishim kerak? Men aytdim, senga shaxodat kalimasi qiyinlik qiladi, "Alloh, Muhammad" desang yetarli. Shunday qilsam jannatga kiramanmi? Ha albatta deb javob berdim. Bir kuni unga qarab turadigan ayol telefon qilib, odatiy uyqi dorisini ichmayotganidan shikoyat qildi. Tezda uyiga borib nega bunday qilding dedim va javob eshtib ko'zim yoshlandi: - uxlayotgan vaqtimda o'lim kelib qolsa "Alloh Muhammad" deyolmay qolamanku... So'ngi kunlari edi... Menga aytgan oxirgi savolida, Azroil qanaqa ko'rinishda bo'ladi dedi. Qo'rqmagin u bir farishta, senga chiroyli suratda ko'rinadi, deb javob berdim. Ertasiga shoshib uyiga keldim, afsuski kech qolibman... Vidolashish nasib etmadi. Ko'zim yoshlandi, ammo bir ayol oldimga kelib uning qanday vafot etganini aytib berganida, undan qattiqroq va uzoq yig'ladim.. Ayol aytdiki: - mo'jiza ro'y berdi. U birdan o'rnidan turib taxorat qildi. Bizning voy voylarimizga qaramasdan, joynamoz solib 2 rakat namoz o'qib keyin joyiga yotdi. Vafot etishdan avval bizga shunday dedi: - Doktor kelsa aytib qo'yinglar, Azroil u aytgandan ham go'zalroq ekan...

@Solixa_Ayol
Яхшилик учун яқинларингиз билан баҳам кўринг!

https://t.me/joinchat/AAAAAEoqxJvob7F63SjCig