Get Mystery Box with random crypto!

Solih Islamic

Telegram kanalining logotibi solih_islamic — Solih Islamic S
Telegram kanalining logotibi solih_islamic — Solih Islamic
Kanal manzili: @solih_islamic
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 16
Kanalning ta’rifi

😊Siz niyatni 🤲 yaxshi qilib qo'ying.
Alloh🕋 o'zi sizga kerak paytida niyatingiz ro'yobini beradi..
•Inshallah•
2020_09_08 ☘
Creator: #Mahmudjon
@solih_islamic_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 21:20:40 Bas, ayollar haqida Allohdan qoʻrqinglar!

1 - Agar erkak kishi ayoliga xiyonat (zino) qilsa, jazosi oʻlgunicha toshboʻron qilinishidir! (Bu hukm bu dunyoda bajarilmasa, oxiratda jazosini oladi.)

2 - Ayolning ustiga uylansa, lekin u ayollarning orasida adolat qilmasa, qiyomat kuni bir tomoni shol holida tiriladi.

3 - Vaʼda qilingan mahrni bermasa, u - oʻgʻri.

4 - Sababsiz ayolini taloq qilsa, bergan narsalarini qaytarib olishga haqqi yoʻq!

5 - Merosda ayolining haqqini yesa, Allohning chegarasini buzgan boʻladi. Allohning chegarsini buzgan oʻziga zulm qilibdi.

6 - Uni ursa, xorlasa, u pastkash, hurmat qilsa, mard.

7 - Agar uni toʻrt oydan ortiq tark etsa, ayolning ajrashishga haqqi bor.

8 - Ayoliga onasiga muomala qilgandek munosabatda boʻlishga haqqi yoʻq! Agar zihor qilsa, 60 kun roʻza tutishi yo bitta qul ozod qilishi yoki 60 ta miskinni taomlantirishi shart. (Dalil Mujodala surasi 2-3-4-5 oyatlar).

9 - Agar ayolini yomon koʻrsa, sabr qilsin! «Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi boʻlsa» (Bakara: 216).

10 - Taloq qilsa ham, uning yaxshi fazilatlarini aslo unutmasin! Boshqalarga yomon otliq qilmasin!

11 - Ajrashishsa, bolalaridan ayirmasin. Ularning nafaqalarini berib tursin!

12 - Ayol oʻz mulkida ozoddir. Oʻzi istaganidek tasarruf qiladi. Eriga undan ehson qilsa, unga ajr yoziladi. Bermasa, tortib olishga haqqi yoʻq!

13 - Er ayolning yeb - ichishi, boshpana, kiyim - kechagi, moliyaviy xarajatlariga imkoniyatdan kelib chiqib masʼul.

14 - Ayol kishiga gʻamxoʻrlik qilishi, shariʼatning taklifi. Ayol kishining eriga itoati - Allohning yoʻlida boʻlish demakdir.

15 - Er yaxshilikka buyursa, itoat qilishi, Xoliqqa qarshi, maʼsiyatga buyursa, bosh tortishi shart.

16 - Shu sabab eridan ajrashishni istasa, mahrini olmaydi, qaytarib bersa unga gunoh yoʻq!

17 - Ayolini himoya qilib oʻlgan inson, Allohning yoʻlida oʻlgan boʻladi.

18 - Nabiy sollallahu alayhi vasallam bir muslimaning shaʼni uchun Banu Qaynuqoʼga qarshi gʻazot ochganlar. (U voqea mashhur.)

19 - Ayol kishi sabab xalifa Muʼtasim oʻz qoʻshinini Amuriyaga boshlab borgan.

20 - «Pokiza ayollarga (boʻhton) toshi otib, soʻngra toʻrtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar» (Nur: 20).

21 - Unga qanday zulm qilinsa, zolimdan xuddi shu tarzdan intiqom olinadi.

22 - Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: «Jannat onalarning oyogʻi ostida» (isnodi zaif hadis
Ibn Adiy, Xotib rivoyati).

23 - Er xotiniga chiroyli muomalada boʻlishi va uning ozorlariga chidashi lozim. Alloh taolo Niso surasida:
«Va ular bilan yaxshilikda yashang», degan (19- oyat)

24 - Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajida shunday dedilar: «Bas, ayollar haqida Allohdan qoʻrqinglar! Chunki siz ularni Allohning omonati ila olgansizlar»
((Imom Muslim, Abu Dovud va Molik rivoyat qilishgan.)

Ummu Abdulloh tarjimasi

Oʻqib boʻlgan boʻlsangiz, albatta ulashing!


Telegram | Instagram
29 views18:20
Ochish/sharhlash
2022-07-08 04:55:34 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Jumaning hayru barakoti sizlarga bo'lsin
37 views01:55
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:06:33 Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
Ajdodlari:

1. Abdulloh
2. Abdulmuttalib
3. Hoshim
4. Abdumanof
5. Qusay
6. Kilob
7. Murra
8. Kaʼb
9. Luay
10. Gʻolib
11. Fihr (laqabi Quraysh)
12. Molik
13. Nazr
14. Kinona
15. Xuzayma
16. Mudrika
17. Ilyos
18. Muzar
19. Nizor
20. Maʼad
21. Adnon



Ismoil (alayhissalom)
Ibrohim (alayhissalom)



Nuh (alayhissalom)



Odam (alayhissalom)


Telegram | Instagram
43 views14:06
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:04:51 Ertaga Arafa, qanday amallar qilish kerak?

Arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega boʻlgani uchun uning fazilati va sharafi xususida batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Birinchidan, Arafa kuni – dinimiz komil etilgan, neʼmat tugal qilingan kun. Yahudlar Umar roziyallohu anhuga aytishdi: "Sizlar bir oyatni oʻqiysizlar. Agar oʻsha oyat bizga nozil boʻlganida edi, uni bayram qilib olgan boʻlar edik. Men oʻsha oyatni qachon nozil boʻlganini ham, qayerda nozil boʻlganini ham, u nozil boʻlganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qayerda turganlarini ham bilaman. U arafa kuni edi, biz ham Allohga qasamki, Arafotda edik. (Buxoriy rivoyatlari)

"Bugun sizlarga diningizni komil qildim, neʼmatimni benuqson, toʻkis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim". (Moida surasi, 3-oyat). Arafa kuni din komil etildi, deb aytilishiga sabab, shu kungacha musulmonlar Islom hajini amalga oshirmagan edilar. Endi Islom ruknlarining oxirgisi ham joriy etilishi bilan din komil boʻldi. Bundan tashqari, Alloh Taolo hajni Ibrohim alayhissalom asoslariga qaytardi, oʻsha yilgi haj mavsumidan boshlab hajda mushriklar ishtirok etishini ham, shirk amallari bajarilishini ham man qildi. Shuning uchun, oʻsha yildan buyon Arafotda musulmonlar orasida mushriklar boʻlmadi. Neʼmatning toʻkis boʻlishi esa Alloh Taolo magʻfirati tufayli hosil boʻladi. Zero, neʼmat magʻfiratsiz toʻkis boʻlmaydi. "(Ey Muhammad,) Alloh sizning gunohingizdan ilgari oʻtganini ham, keyin keladiganini ham (yaʼni barcha gunohlaringizni) magʻfirat qilish va Sizga Oʻz neʼmatini toʻkis-komil qilib berishi uchun …" (Fath surasi, 2-oyat). Ikkinchidan, Arafa iyd kunidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Arafa kuni, qurbonlik kuni va tashriq kunlari biz – Islom ahlining bayramimizdir …». (Abu Dovud rivoyatlari). Uchinchidan, Arafa kuni tutilgan roʻza ikki yillik gunohga kafforat boʻladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Arafa kuni tutilgan roʻza oʻtgan yil va kelgusi yil uchun kafforat boʻladi». (Muslim rivoyatlari). Toʻrtinchidan, Arafa gunohlar kechiriladigan va jonlar doʻzaxdan ozod etiladigan kundir. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh Taolo biron kun Arafa kunichalik koʻp bandani doʻzaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, soʻng doʻzaxdan ozod qilgan bandalari bilan farishtalar oldida faxrlanadi va: «Ular nima istashadi?» - deb soʻraydi» (Muslim rivoyatlari).

Arafa kunida qilinadigan amallar

1. Roʻza tutmoq. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kunining roʻzasi oʻtgan va kelgusi yillar (gunohi)ga kafforat boʻladi, deb umid qilaman …» (Muslim rivoyatlari). Albatta, bu roʻza hajdagilar uchun emas, hajga bormaganlar uchun aytilgan. Chunki hojilar arafa kuni roʻza tutmaydilar. Arafa kuni gunohga qoʻl urib qoʻyishdan, ayniqsa, ehtiyot boʻlmoq lozim.

2. Zikr va duoda koʻp boʻlmoq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Duoning eng yaxshisi arafa kunida qilingan duodir. Men va mendan ilgari oʻtgan paygʻambarlar duoda aytgan eng yaxshi soʻzlari «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayʼin qodiyr» (Termiziy rivoyatlari). Ibn Abdul Barr aytadilar: «Mazkur hadis arafa kunining duosi koʻpincha maqbulligi va eng afzal zikr «La ilaha illalloh» ekanligiga dalildir». Xattobiy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odatda men duo qilishimdan muqaddam Alloh Taologa aytadigan hamd-u sanolarim ichida eng afzali shu soʻzlardir», - demoqchi boʻladilar. Negaki duo qiluvchi dastavval Alloh Taologa hamd-u sano aytib, undan keyingina hojatini soʻray boshlaydi.

3. Takbir. Zulhijjaning oʻn kunida takbir aytmoq mustahab amaldir. Bu kunlarda har yerda va hamma vaqt Alloh zikri joiz.

@IkromSharif
dan

Telegram | Instagram
37 views14:04
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:03:05
#nussa

NUSSA 14-QISM
Yomg'ir ne'mati


Telegram | Instagram
425 views14:03
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:03:05
#nussa

NUSSA 13-QISM
Nussajon


Telegram | Instagram
366 views14:03
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:01:18 Agar Alloh bu ummatni azoblashni xohlaganida edi, ularga Ramazon oyi va Ixlos surasini ato etmas edi..!

Hazrat Ali r.a


Telegram | Instagram
135 views14:01
Ochish/sharhlash