Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga Arafa, qanday amallar qilish kerak? Arafa kuni alohida | Solih Islamic

Ertaga Arafa, qanday amallar qilish kerak?

Arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega boʻlgani uchun uning fazilati va sharafi xususida batafsil toʻxtalib oʻtamiz. Birinchidan, Arafa kuni – dinimiz komil etilgan, neʼmat tugal qilingan kun. Yahudlar Umar roziyallohu anhuga aytishdi: "Sizlar bir oyatni oʻqiysizlar. Agar oʻsha oyat bizga nozil boʻlganida edi, uni bayram qilib olgan boʻlar edik. Men oʻsha oyatni qachon nozil boʻlganini ham, qayerda nozil boʻlganini ham, u nozil boʻlganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qayerda turganlarini ham bilaman. U arafa kuni edi, biz ham Allohga qasamki, Arafotda edik. (Buxoriy rivoyatlari)

"Bugun sizlarga diningizni komil qildim, neʼmatimni benuqson, toʻkis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim". (Moida surasi, 3-oyat). Arafa kuni din komil etildi, deb aytilishiga sabab, shu kungacha musulmonlar Islom hajini amalga oshirmagan edilar. Endi Islom ruknlarining oxirgisi ham joriy etilishi bilan din komil boʻldi. Bundan tashqari, Alloh Taolo hajni Ibrohim alayhissalom asoslariga qaytardi, oʻsha yilgi haj mavsumidan boshlab hajda mushriklar ishtirok etishini ham, shirk amallari bajarilishini ham man qildi. Shuning uchun, oʻsha yildan buyon Arafotda musulmonlar orasida mushriklar boʻlmadi. Neʼmatning toʻkis boʻlishi esa Alloh Taolo magʻfirati tufayli hosil boʻladi. Zero, neʼmat magʻfiratsiz toʻkis boʻlmaydi. "(Ey Muhammad,) Alloh sizning gunohingizdan ilgari oʻtganini ham, keyin keladiganini ham (yaʼni barcha gunohlaringizni) magʻfirat qilish va Sizga Oʻz neʼmatini toʻkis-komil qilib berishi uchun …" (Fath surasi, 2-oyat). Ikkinchidan, Arafa iyd kunidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Arafa kuni, qurbonlik kuni va tashriq kunlari biz – Islom ahlining bayramimizdir …». (Abu Dovud rivoyatlari). Uchinchidan, Arafa kuni tutilgan roʻza ikki yillik gunohga kafforat boʻladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Arafa kuni tutilgan roʻza oʻtgan yil va kelgusi yil uchun kafforat boʻladi». (Muslim rivoyatlari). Toʻrtinchidan, Arafa gunohlar kechiriladigan va jonlar doʻzaxdan ozod etiladigan kundir. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh Taolo biron kun Arafa kunichalik koʻp bandani doʻzaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, soʻng doʻzaxdan ozod qilgan bandalari bilan farishtalar oldida faxrlanadi va: «Ular nima istashadi?» - deb soʻraydi» (Muslim rivoyatlari).

Arafa kunida qilinadigan amallar

1. Roʻza tutmoq. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kunining roʻzasi oʻtgan va kelgusi yillar (gunohi)ga kafforat boʻladi, deb umid qilaman …» (Muslim rivoyatlari). Albatta, bu roʻza hajdagilar uchun emas, hajga bormaganlar uchun aytilgan. Chunki hojilar arafa kuni roʻza tutmaydilar. Arafa kuni gunohga qoʻl urib qoʻyishdan, ayniqsa, ehtiyot boʻlmoq lozim.

2. Zikr va duoda koʻp boʻlmoq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Duoning eng yaxshisi arafa kunida qilingan duodir. Men va mendan ilgari oʻtgan paygʻambarlar duoda aytgan eng yaxshi soʻzlari «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayʼin qodiyr» (Termiziy rivoyatlari). Ibn Abdul Barr aytadilar: «Mazkur hadis arafa kunining duosi koʻpincha maqbulligi va eng afzal zikr «La ilaha illalloh» ekanligiga dalildir». Xattobiy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odatda men duo qilishimdan muqaddam Alloh Taologa aytadigan hamd-u sanolarim ichida eng afzali shu soʻzlardir», - demoqchi boʻladilar. Negaki duo qiluvchi dastavval Alloh Taologa hamd-u sano aytib, undan keyingina hojatini soʻray boshlaydi.

3. Takbir. Zulhijjaning oʻn kunida takbir aytmoq mustahab amaldir. Bu kunlarda har yerda va hamma vaqt Alloh zikri joiz.

@IkromSharif
dan

Telegram | Instagram