Get Mystery Box with random crypto!

​ Ozish uchun zanjabil juda foyda Buni avvalgi postlatimizda | СОҒЛОМ ТАОМ

​ Ozish uchun zanjabil juda foyda
Buni avvalgi postlatimizdayam juda ko'p eslatib o'tganmiz,va yana eslatib o'tishdan tinmaymiz.
#СогломТаом taomlari bilan,qo'shimcha ushbu tavsiyalarni bajarsangiz,maqsadingizga tezroq erishasiz deb umid qilamiz
Demak 100 g zanjabil ildizini tozalab, uni maydalang. Hosil bo‘lgan massani biror idishga solib, ustidan 1,5 l qaynab turgan suv quying hamda 20 daqiqa dam oldiring.
Hosil bo‘lgan bu zanjabil ichimligiga 1 ta limon sharbatini siqib chiqaring, 1 osh qoshiq tabiiy asaldan qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani yaxshilab aralashtiring. Agarda qo‘l ostingizda barra zanjabil ildizi bo‘lmasa, uning o‘rniga kukun holidagisidan foydalanish mumkin (1,5-2 choy qoshiq).     
Bu komponentlardan yana sellyulitga qarshi bog‘lama uchun aralashma ham tayyorlash mumkin. Qaynab turgan suvda 0,5 stakan asalni isiting (40 gradusdan oshib ketishi kerak emas).
5 tomchi limon efir moyidan va yanchilgan zanjabildan bir chimdim qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani tanangizning muammoli joyiga surting, ustidan plyonka o‘rab, yarim soat ushlab turing.

#СогломТаом
#ПравильноеПитани