Get Mystery Box with random crypto!

SMM | Marketing blog

Telegram kanalining logotibi smm_marketing_target — SMM | Marketing blog S
Telegram kanalining logotibi smm_marketing_target — SMM | Marketing blog
Kanal manzili: @smm_marketing_target
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.01K
Kanalning ta’rifi

Hozirda ommalashgan Smm va marketing'dagi kerakli bilim va ko'nikmalarni bo'lishib boradigan blog.
Blog @raimbaev_elmurod tarafidan yurutiladi.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-06-06 09:29:52 Ijtimoiy tarmoqlarga bir kunda nechta kontent/post joylash kerak?

Javobingizni izohlarda qoldiring
3.1K views06:29
Ochish/sharhlash
2022-05-28 06:12:22 4P + 4C

Yodingizda bo'lsa, 4P haqida yozgan edim. Bular: Product (mahsulot), price (narx), place (joy), promotion (reklama).

Endi ularga 4ta C'ni qo'shib chiqamiz.

1. Product + Customer (haridor)

Aslida gap mahsulotda emas, haridorda. Haridorlar faqat o'zlariga kerakli narsalarnigini sotib olishadi. Shu sababli, bor urg'uni haridorlarni o'rganishga qarating. Ular nimaga qiziqadi, nimaga muhtoj, qanday extiyojlari bor, qanday muammolari bor.

2. Price + Cost (harajat)

Narx shunchaki qo'yiladigan narsa emas. Uni belgilashda harajatlarni hisobga olish kerak. Ko'p bizneslar harajatlarni to'g'ri hisoblay olmaganlari uchun ham bankrotga uchrashadi.

3. Place + Convenience (qulaylik)

Hozirgi internet zamonida joy katta ahamiyatga ega emas. Hozir qulaylik birinchi o'rinda. Mahsulotingizni sotib olish haridorlaringiz uchun maksimal qulay bo'lishi kerak. Mahsulot olayotgan haridor hech qanday qiyinchilikka duch kelmasligi kerak.

4. Promotion + Communication (muloqot)

Reklama hammaning joniga teygan. Sababi, reklamada faqat bir tomon gapiradi. Ikkinchi tomon eshitilmaydi. Haridorlarga esa monolog emas, dialog kerak. Haridorlar o'zlarini eshitilishini xohlaydilar.

#marketing
@smm_marketing_target
12.3K viewsedited  03:12
Ochish/sharhlash
2022-05-27 06:48:51 To'g'risini aytsam ...

"To'g'risini aytsam...". Oldin yolg'on gapirayotgan edingizmi?

Tekstlaringiz ana shunday savol uyg'otmasligi uchun "To'g'risini aytsam" iborasini ishlatmang.

Bunday iboralar o'quvchida shubha uyg'otib, sizga bo'lgan ishonchini tushurib yuborasiz.

#kopirayting
@smm_marketing_target
2.8K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash
2022-05-24 05:45:47 5ta "Nega"?

Sizning mahsulotingiz haridorlarga aynan nima uchun kerakli ekanligini bittada bilish - murakkab ish.

Haridorlardan to'g'ridan-to'g'ri "nega bizning mahsulotimizdan foydalanasiz?" deb so'rasangiz, katta ehtimol bilan ular sizga yolg'on gapirishadi.

Ayni haqiqatni bilish uchun, yuqoridagi savolning ketidan yana 4 marotaba "nega?" savolini berish kerak. Jami 5ta.

Faqatgina shu savollarga javob olgan holda siz haridoringizning haqiqiy og'riq va muhtojliklarini aniqlaysiz.

#marketing #tadqiqot
@smm_marketing_target
3.4K viewsedited  02:45
Ochish/sharhlash
2022-05-23 08:08:06 Instagram postlarni oxvatini oshirish uchun

1. Karusel postlar joylang (ya'ni bir postga bir necha rasm yoki video)

2. Postlaringiz oxirida odamlarni postingizni saqlab qo'yishga undang. Saqlab qo'yilgan postlar tezroq rekomendatsiyaga chiqadi.

3. Komentariyalarning barchasiga javob yozing. Hattoki smayliklarga ham.

#instagram
@smm_marketing_target
10.6K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2022-05-17 09:35:44 CJM CJM ( Customer Journey map ) biznesni tadqiqot qilishning navbatdagi bosqichi. CJM deb - mijozlar biznesdan xabar topganidan, to mahsulotni sotib olgunicha bosib o'tishi kerak bo'lgan bosqichlar tushuniladi. Biznes qayerda xato qilayotganini tushunish…
3.5K viewsedited  06:35
Ochish/sharhlash
2022-05-13 19:15:46 CJM

CJM ( Customer Journey map ) biznesni tadqiqot qilishning navbatdagi bosqichi.

CJM deb - mijozlar biznesdan xabar topganidan, to mahsulotni sotib olgunicha bosib o'tishi kerak bo'lgan bosqichlar tushuniladi.

Biznes qayerda xato qilayotganini tushunish uchun, CJM tuzadi. Va shu orqali aynan qaysi bosqichda xato qilayotganini aniqlab, muammoni xal qilishadi.

#tadqiqot
@smm_marketing_target
3.6K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-07 10:59:51 Kuchli matn yozish siri

Kuchli matn yozishni istasangiz, uni huddi bir kishiga atalgandek yozing. Har bir o'qiyotgan kishi matnni aynan u uchun yozilganini his qilsin.

Bunga sabab, odamlar matnni guruh bo'lib o'qishmaydi. Hamma alohida, yolg'iz payti o'qidi. Hammaga yo'naltirilgan matnlar - hech kimga yo'naltirilmagandek xissiyot qoldiradi.

Eng birinchi maslahatim: "siz" so'zini ko'p ishlating.

#kopirayting #kontent
@smm_marketing_target
4.1K views07:59
Ochish/sharhlash
2022-05-03 04:12:36 Segmentatsiya o'zi nimaga kerak? Sizning kiyim do'koningiz bor. Maqsadli auditoriyangiz 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan, Toshkent shahrida yashovchi erkaklar. Sizningcha mahsulot sotish uchun shu ma'lumotlar yetarlimi? Yo'q. Agar siz bu holatda auditoriyani…
4.4K views01:12
Ochish/sharhlash
2022-04-27 12:47:12 Foydali kontent Siz ijtimoiy tarmoqlaringizni doimo bir turdagi kontent bilan yurita olmaysiz. Bu bilan obunachilaringizni zeriktirib qo'yasiz. Shu sababli, sotuv kontentdan tashqari foydali kontent ham qo'yib borish kerak. Foydali kontent turiga: soha…
4.7K views09:47
Ochish/sharhlash