Get Mystery Box with random crypto!

4P + 4C Yodingizda bo'lsa, 4P haqida yozgan edim. Bular: Prod | SMM | Marketing blog

4P + 4C

Yodingizda bo'lsa, 4P haqida yozgan edim. Bular: Product (mahsulot), price (narx), place (joy), promotion (reklama).

Endi ularga 4ta C'ni qo'shib chiqamiz.

1. Product + Customer (haridor)

Aslida gap mahsulotda emas, haridorda. Haridorlar faqat o'zlariga kerakli narsalarnigini sotib olishadi. Shu sababli, bor urg'uni haridorlarni o'rganishga qarating. Ular nimaga qiziqadi, nimaga muhtoj, qanday extiyojlari bor, qanday muammolari bor.

2. Price + Cost (harajat)

Narx shunchaki qo'yiladigan narsa emas. Uni belgilashda harajatlarni hisobga olish kerak. Ko'p bizneslar harajatlarni to'g'ri hisoblay olmaganlari uchun ham bankrotga uchrashadi.

3. Place + Convenience (qulaylik)

Hozirgi internet zamonida joy katta ahamiyatga ega emas. Hozir qulaylik birinchi o'rinda. Mahsulotingizni sotib olish haridorlaringiz uchun maksimal qulay bo'lishi kerak. Mahsulot olayotgan haridor hech qanday qiyinchilikka duch kelmasligi kerak.

4. Promotion + Communication (muloqot)

Reklama hammaning joniga teygan. Sababi, reklamada faqat bir tomon gapiradi. Ikkinchi tomon eshitilmaydi. Haridorlarga esa monolog emas, dialog kerak. Haridorlar o'zlarini eshitilishini xohlaydilar.

#marketing
@smm_marketing_target