Get Mystery Box with random crypto!

Prokuratura organlari tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlar | Sirdaryo viloyati || Jamoatchilik nazorati • Общественный контроль || Inson huquqlari himoyasi • Защита прав человека

Prokuratura organlari tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlarni yetuk kadr boʻlib shakllanishi, mamlakatimizda va dunyoda sodir boʻlayotgan ahamiyatli islohot va oʻzgarishlarni ularga oʻz vaqtida yetkazish hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida har haftaning juma kuni “Maʼnaviyat kuni” etib belgilangan.

Shu maqsadda 2021-yil 30-dekabr kuni viloyat prokuraturasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat prokuraturasi hamda tuman-shahar prokuraturalari tezkor xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat Madaniyat boshqarmasining maqom ansambli hamda estrada sozandalari jamoasi oʻzining bayramona kuy-qoʻshiqlari hamda musiqali chiqishlari bilan ishtirok etib, yigʻilganlarga oʻzgacha koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Viloyat prokuraturasi organlari xodimlari ishtirokida bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muntazam oʻtkazib borilmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube