Get Mystery Box with random crypto!

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “aqlli tartibga | Sirdaryo viloyati || Jamoatchilik nazorati • Общественный контроль || Inson huquqlari himoyasi • Защита прав человека

Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “aqlli tartibga solish” loyihasi joriy etiladi

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–462-son, 29.12.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Prezidentga hisobdor bo'lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan:

Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo'yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi;

qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi.

Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar o'tkazish yuklatiladi:

ma'muriy islohotlar o'tkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini o'rganish;

konstitusiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yo'nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish ta'sirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini o'rganish.

Qarorga ko'ra, Institut tomonidan o'tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.

Telegram | Instagram | YouTube