Get Mystery Box with random crypto!

Huquqbuzarlarga jazo tayinlandi Guliston tumanida istiqomat q | Sirdaryo viloyati || Jamoatchilik nazorati • Общественный контроль || Inson huquqlari himoyasi • Защита прав человека

Huquqbuzarlarga jazo tayinlandi

Guliston tumanida istiqomat qiluvchi Ergash va Furqat tunggi soat taxminan 22:00larda jamoat joyi hisoblangan “Mustaqillik” mahallasi hududida uchrashib qolishadi. Ergash mast holatda boʻlgani sababli Furqat bilan tortishib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, baland ovozda bir-birlariga hech bir sababsiz uyatli soʻzlar bilan soʻkinishadi. Bu holat esa mazkur hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorining eʼtiborini tortadi.

Ergash va Furqat Guliston tuman IIB binosiga olib kelinib, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda, Furqatning yonidan ikki dona “DISPLAY” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olinadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Guliston tuman sudi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 1851-moddasi bilan MJtKning 33-moddasi qoʻllanilib, BXMning 2 va 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Telegram | Instagram | YouTube