Get Mystery Box with random crypto!

G’alaba barchamizga muborak bo’lsin! Hindistonning Chennay sh | Sherzod Shermatov

G’alaba barchamizga muborak bo’lsin!

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasini butun jamoamiz bilan hayajonda kuzatib bordik. Ayniqsa, bugungi bahslar yakuni barchamizni quvontirdi.

Bugun Nodirbek yurtimizga tarixiy g‘alabani berdi.

Aql gimnastikasi bevosita bizning sohamizga juda yaqin. Aynan IT yo‘nalishida ham yoshlar o‘zining aqliy tafakkuriga, bilimiga tayanadi. Bugungi o‘tayotgan bahslardagi o‘yinlarni shuning uchun ham ko‘proq his qilyapmiz.

2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkazilishida ham ramziy ma'no bor. Bizning shaxmatchilar ana shunday katta Olimpiadalarga mezbonlik qila olishini bugun yana bir karra isbotladi.

Sizlar bilan faxrlanamiz!