Get Mystery Box with random crypto!

VAFO VA JAFO (Hazil she'r) O'zbekda bor bir maqol: 'It vafo, | Shohrux Erkinov [Official]

VAFO VA JAFO
(Hazil she'r)

O'zbekda bor bir maqol:
"It vafo, xotin jafo".
Eshitganlar der darhol:
"Bo'lmagan gap, mutlaqo!"

Ba'zilar der: "To'g'ri gap,
Xotin jafo rostdanam.
It vafosin hech izlab,
Topolmassan do'stdanam!"

Kim der: "Bu bir safsata,
Qadim zamondan qolgan".
Kim der: "Maqol aslida,
Sal noto'g'ri yozilgan.

Agar xotin kishidan
Tarqagan bo'lsa jafo.
Demak, itdan tarqagan
Ekan asli bu vafo".

"Xotin jafo" deganlar,
Balki, to'g'ri degandir.
Lek itdan tarqaganlar
Vafodormas negadir...

Shohrux Erkinov

2022-yil.