Get Mystery Box with random crypto!

​Dard Vazmin nigoh, g'amgin qiyofa, Keng xonaga sig'mas tor v | Shohrux Erkinov [Official]

Dard

Vazmin nigoh, g'amgin qiyofa,
Keng xonaga sig'mas tor vujud.
Qilishmoqda do'stlar ziyofat,
Sen-chi chetda saqlaysan sukut.

Qandaydir bir majlis vaqtida
So'z so'ralmas sendan bir bo'lak.
Insonlarning fikru-nazdida
Sen jim turib tinglashing kerak.

Tashlab ketar bir sevgan qizing,
Shunda ham sen zabonsiz butkul.
Unga hatto o'tmaydi so'zing,
Unga so'zing o'tmog'i mushkul.

Sendan ham so'z so'rashganida,
Balki darding aytgan bo'larding.
Bir kun kafan o'rashganida,
Qabrga ham sig'maydi darding...

Shohrux Erkinov

2023-yil