Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda faqat asosiy shaharlarda avtomobillar tezligi pa | Qonunchilik.uz

O‘zbekistonda faqat asosiy shaharlarda avtomobillar tezligi pasaytiriladi 
Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida mashina harakatlanishining eng yuqori tezligi 60 kilometr/soatga tushiriladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilish maqsadida:
2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
2023-yil 1-dekabrdan boshlab transport vositasining egasiga transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni (ishonchnoma va boshqalar) taqdim etgan holda, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boshqarish huquqini o‘tkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilishi belgilanadi.