Get Mystery Box with random crypto!

Kechikkan sevgi Bahorim qish bo‘ldi, kunduzlarim tun. Tovon | SHE’RLAR OLAMI🤩

Kechikkan sevgi

Bahorim qish bo‘ldi, kunduzlarim tun.
Tovonim qonatar tosh to‘lgan yo‘lim.
Yetolmas armonim, hijronim uzun.
Sen mening kechikkan sevgimsan Gulim.

Ming dodki qo‘lingdan tuta olmayman.
Gul tutib ko‘changdan o‘ta olmayman.
Nega umid uzib keta olmayman.
Sen mening kechikkan sevgimsan Gulim.

Hayolimga kelar qaro tun bosib.
Yashayman dardlarim dilimga osib.
Sevsam-da bo‘lmading sen menga nasib.
Sen mening kechikkan sevgimsan Gulim.

Ista, olib qochay osmonim tomon.
Afsuski men bilan ketmog‘ing gumon.
Lekin nima qilay, sog‘indim yomon.
Sen mening kechikkan sevgimsan Gulim.

Senga baxt so‘rayman, o‘zimga bardosh.
Maxzun ko‘zlaringga hech to‘lmasin yosh.
Yashagin xayolga bo‘lgancha sirdosh.
Sen mening kechikkan sevgimsan Gulim.

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling