Get Mystery Box with random crypto!

Yoʻq Hasta emasman shunchaki bemor Qalbimga davodir bevafo d | SHE’RLAR OLAMI🤩

Yoʻq
Hasta emasman shunchaki bemor
Qalbimga davodir bevafo dildor
Sog'indim ko'rishga bo'lsa bir chora
Topolmay yo'lini izladim ming bor

Yoʻq
Sevishimni inkor qilmasman
Sevganman, sevaman, sevaveraman
Men seni hayotim qancha bo'lsa ham
Oshiqman sevgingni kutaveraman

Yoʻq
Endi ketmoqqa hech ham imkonim
Ta'rifga ojizdir sergap zabonim
Hisn-u jamolingdan ko'zim uzmasman
Endi hayollarda mening makonim

Yoʻq
San mendan olisga keta olmaysan
Hech ham haqqing yo'qdir bunday qilishga
Shunchalar go'zalsan sohibjamolsan
Arzimas oʻzgasi seni sevishga

Yoʻq
Aytolmayman qoʻrqaman nechun
Yoningdan turtsalar sendan ketmayman
Yoningda turaman hech yetmas kuchim
Sevaman sevgimni isxor qilmayman

Yoʻq
Ayirolmas seni mendan hech kim
Yuragimda shovqin sevaman deya
Sevaman sevaman lekin o'zim jim
Gapirishga imkon bermas tinchgina

Yoʻq
Sendan kechish man uchun azob
Kechmayman hatto ming toshlar otishsa
Mening chin sevgim ham ularga sarob
Yorimni puli ko'p boyga sotishsa

Yoʻq
Ketolmaysan o'zga yor tomon
Yuragim yig'laydi hijronlaringda
Shu taqdir, shu hayot, shumidi zamon
Endi yashayverar hayollaringda

Yoʻq
Bunyod Salom ko'zlarida yosh
U endi bariga ko'nib yashaydi
Bu azobga balkim berilmas bardosh
Sevgisin qabrga ko'mib yashaydi

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling