Get Mystery Box with random crypto!

Qizg'anish Ko'ngilda boringni aytasan qachon? Nechun yashiras | SHE’RLAR OLAMI🤩

Qizg'anish

Ko'ngilda boringni aytasan qachon?
Nechun yashirasan kulishlaringni?
Hamonki, ko'zlarim yo'lingda sarson,
Hamonki, kutarman kelishlaringni.

O'zimga o'xshagan nomehribonsan!
Meni kuydirishni sevasan juda.
G'urur egallagan ruhingni mutlaq,
Shu sabab dilimda sog'inch avjida.

Shunda sochlaringni silaydi shamol,
Asabimga tegib qiladi ado.
Olisdaman, biroq, yetkazar xayol,
Seni qizg'onarman shamoldan hatto!

Ne qilay, Solihning rashkidir epkin,
Holbuki, sen buni bilishing kerak.
Tanamdan jonimni olsinlar, lekin
Faqat sen meniki bo'lishing kerak!

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling