Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zguga savol... Ey ko'zgu bormi menda qasding, Tushunmadim | SHE’RLAR OLAMI🤩

Ko'zguga savol...

Ey ko'zgu bormi menda qasding,
Tushunmadim hech baland pasting.
Shu emasmi deb bori asling,
Boricha ko'rsatmoq kerakmi?

Mayli sochim oqini yashir,
Gunoh asli gunohni tashir.
Ko'rsatma bas,savobim oshir,
Boricha ko'rsatmoq kerakmi?

Istak tursa orzu talashib,
Bahtni baham ko'rda bo'lishib.
Kiysam tursin kiyim yarashib,
Boricha ko'rsatmoq kerakmi..

Bahtsiz bo'lsam,bahtlisan deb ayt,
Farishtalar tikilgan bir payt.
Ular menga to'qishsinlar bayt,
Boricha ko'rsatmoq kerakmi.

...Ey ko'zgu olma mendan qasding,
Tushunmadim hech baland -pasting.
Der Baxtiyor shu deya asling,
Boricha ko'rsatmoq kerakmas....

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling