Get Mystery Box with random crypto!

BILMAYDIDA Naxot baxt menga armon bo‘lsa, Ko‘zlarim darddan y | SHE’RLAR OLAMI🤩

BILMAYDIDA

Naxot baxt menga armon bo‘lsa,
Ko‘zlarim darddan yoshga to‘lsa,
Sinovlar ortidan, kuch topay deya,
Allohdan o‘zga, dardim bilmaydida.

Hayot bir xil, bir zayil o‘tmaydida,
O‘ylaganingdek doim bo‘lmaydida,
Ishonganing ham, do‘st bo‘lmaydida,
Allohdan o‘zga, dardim bilmaydida.

Xazonlarga belandi, umrim bahori,
Ko‘nglim yashnatgan, ko‘ngil gulzori,
Xotiradan o‘chmas ilk, sevgi bahori,
Yurakdan o‘chmas, armonli sevgim.

Netay ko‘zdan, yoshlar tinmayabdi,
Yuragim xech, taskin topmayabdi,
Bor umid gulim, so‘lib boryabdi,
Allohdan o‘zga, dardim bilmaydida.

Darddan kulmay, qo‘ygan, ko‘zlarim,
Alamlardan qon bo‘ldi yuragim,
Birovga ishonmay, qo‘ygan ko‘nglim,
Allohdan o‘zga, dardim bilmaydida.

Bildirmayin deyman, dardim sizga,
Ko‘rib achinmasin deyman xolimga,
Yoshlar ilinmasin, ko‘rib ko‘zingizga,
Mayli Allohdan, o‘zga dardim bilmasin.

Alloh qancha sinov, dard, bersa ham,
Ko‘zlarim darddan, xech kulmasa ham,
O‘zimga kuchli bo‘l derman, har dam,
So‘rasam Allohdan, sabr ila, kuch ham.

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling