Get Mystery Box with random crypto!

Haqqimiz bordir... Kunglimiz bir lekin masofa o‘zoq, Suvni ku | SHE’RLAR OLAMI🤩

Haqqimiz bordir...

Kunglimiz bir lekin masofa o‘zoq,
Suvni kutgan cho‘ldek visolga zordir.
Nega bizning yo‘lga quyishar tuzoq,
Sevilish sevishga haqqimiz bordir.

Umring o‘tar deydi hayollar surib,
Sen o‘zga dunyo der u esa o‘zga.
Ikkimizga ikki tarfdan turib,
Bu sevgi xato deb o‘qtirar bizga.

Yurak seni deydi ne qilay shunda,
Ismingni takrorlab otilar qindan.
Sevgimizga to‘siq bo‘lmasin unda,
Bizga yaxshilikni tilasa chindan.

Men bordim, sen kelding, bosib qadamlar,
Taqiqlarga yurak hech quloq solmas.
Ishq neligin bilmas dilsiz odamlar,
Tushinmas bizlarni tushina olmas.

O‘tkinchi hislarni sevgi bu deya,
Yig‘lama hali ko‘p kulasan deydi.
Tuygacha sevgini sarob u deya,
Hali chindan baxtli bo‘lasan deydi.

Hayot ertak emas, sevgi keraksiz,
Oshiqlar ko‘p bo‘lar deyishar gulga.
Faqatgina aytar dilsiz yuraksiz,
Sotib olsa bo‘lar sevgini pulga.

Har kimning o‘z erki o‘zi qo‘lida,
Erta baxtsizlikka bo‘lmagin nishon.
Gap-so‘zga hojat yo‘q Alloh yo‘lida,
Sevdim faqat seni chin dildan ishon.

Kunglimiz bir lekin masofa o‘zoq,
Suvni kutgan cho‘ldek visolga zordir.
Nega bizning yo‘lga quyishar tuzoq.
Sevilish sevishga haqqimiz bordir.

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling