Get Mystery Box with random crypto!

Men o'sha yomonman Kun keladi orangizda bo'lmayman Bu yolg'o | SHE’RLAR OLAMI🤩

Men o'sha yomonman

Kun keladi orangizda bo'lmayman
Bu yolg'onchi dunyolarni ko'rmayman
Yoningizda kim ekanin bilmayman
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Oddiy yashaganim hech ko'rolmagansiz
Men kutgan mehrni berolmagansiz
Men sizni sevganimdek  sevolmagansiz
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Oson deb o'ylardim hayot tarzini
Chaqolmadim yolg'onchi dunyo mag'zini
Buzgim kelmas mensiz o'tgan bazmni
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Bazida hayotdan, hayoldan to'yganim rost
Sizdan so'raganim shu bir iltimos
Meni izlamang, ko'klarda qilayin parvoz
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Osmonlar oppoqdir, dunyolar oppoq
Ustingizdan kulishsa kerakdir kulmoq
Hayot boshingizga urganda to'qmoq
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Qiynaldim bazida dunyo dardidan
Yulib olishganda Onam bag'ridan
Azob chekdim, farzand dog'idan
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Azob-u uqubatsiz dunyo bo'larmi?
Mehr bersangiz yarim ko'ngil to'larmi?
Mensiz balki bog'da gullar so'larmi?
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Begona qizlarga yomon qaramasdim
Men-ku atomdek bir zarramasdim
Biror ishingizga balki yaramasdim
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Qog'ozga yozdim, ko'zlarim ko'rganlarini
Eshitishni istmayman o'zga bilan yurganlarni
Balki sog'inaman qosh qoqib turganlarini
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

Xurshidning ichin tutib dildiroq
Sizni yoningizdan ketganda yiroq
Yig'lab olar, so'ng kulardi biroq
Men yomonni hali yomon sog'inasiz

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling