Get Mystery Box with random crypto!

Boylarning boyiman... Mayliga kamlarim toʻlmasa-toʻlmas, Qalb | SHE’RLAR OLAMI🤩

Boylarning boyiman...

Mayliga kamlarim toʻlmasa-toʻlmas,
Qalbda ozor guli soʻlmasa-soʻlmas,
Oltindan saroyim boʻlmasa-boʻlmas,
Siz borsiz boylarning boyiman Ota...

Koʻnglimda koʻrinmas baxtning sarhadi,
Peshonamda taqdir yozgan dasxati,
Kerakmas “boy” degan hayot zarxati,
Siz borsiz boylarning boyiman Ona...

Uyimni toʻldirgan fayzlarga boqdim,
Yurakning noshukur joyini yoqdim
Bugun oʻz koʻzimdan yosh boʻlib oqdim,
Siz borsiz boylarning boyiman Ota...

Kimga vafo qildi dunyoning moli,
Bir kun choʻkib ketar umrning soli,
Axir yashayapman armondan holi,
Siz borsiz boylarning boyiman Ona...

Togʻdek saroylari pulga toʻlganlar,
Lekin baxt topolmay hayron boʻlganlar,
Boy emas desinlar mayli koʻrganlar,
Siz borsiz boylarning boyiman Ota...

Bir kun duoingiz kamim toʻldirar,
Boʻlmagan ishimni albat boʻldirar,
Noshukur boʻlmoqlik ruhni oʻldirar,
Siz borsiz boylarning boyiman Ona...

Kimda Ona boʻlsa oʻsha eng boydir...
Ota bor kulba ham eng qimmat joydir...

Siz borsiz boylarning boyiman Ota...
Siz borsiz boylarning boyiman Ona...

@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling
@sherlar_olami_uzb obuna boling