Get Mystery Box with random crypto!

ONAMNI MEN QARITYAPMAN Har kun injiqlik qilib, Har kun qalbin | SHERLAR

ONAMNI MEN QARITYAPMAN

Har kun injiqlik qilib,
Har kun qalbin og'ritib,
Bilmasdan emas-bilib
Onamni men QARITYAPMAN!

Arzimagan matohni Deb,
Pok ko'nglini og'rityapman,
O'ldim ,kuydim , oh-vohni deb,
Onamni men QARITYAPMAN

Aytaverib kamlarimni,
Orttiryapman g'amlarini,
Nursiz qilib kunlarini,
Onamni men QARITYAPMAN

Men tufayli sochlari oq,
Mehnatdan-chi qo'li qadoq,
O'zing kechir!!!Robbim-Alloh
Onamni men QARITYAPMAN!

Mehnat qilib meni boqqan,
Uning qadrin bilmayapman,
O'zi meni nega tuqqan???
Onamni men QARITYAPMAN!

Menga bergan oq sutini,
Raxmatini aytmayapman,
Qaytaraman goh so'zini-,
Onamni men QARITYAPMAN!

Asli onam jannatimdir,
Nega buni aytmayapman?,
Borligiga Ming bor shukur!!!
Onamni men QARITYAPMAN!!!

Begi ( Mumtozbegim)

Mumtozbegim


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q

anba: @sherlar

#like_boss