Get Mystery Box with random crypto!

AFTOBUS... Bizni uchrashtirgan o'sha aftabus, Sevgi bekatida | SHERLAR

AFTOBUS...

Bizni uchrashtirgan o'sha aftabus,
Sevgi bekatida to'xtamas ekan.
Biznichi kelgandi axir tushgimiz,
Yuraklarni otdik oynadan.

Otdik oynadan otdik oynadan,
Yuragimiz bir bo'lsin deya.
Bizchi qoldik quchoqlab armon,
Ayrilgangan so'ng kuya kuya...

O'sha aftobus o'sha aftobus,
Uchrashtirding ayt nega bizni.
Qani sendan tushmasak edi,
Otmasmidik yuragimizni.

Umr uzun karvon deydilar,
Taqdir bizga hazil qildida.
Ishq visol yo armon deydilar,
Bizga armon nasib bo'ldida.

Suv tubida yotar marvarid,
Cho'kib ketsammikan olgani.
Ko'rsammikan ko'ksimni yorib,
Yuragimdan nima qolganin.

Otdik oynadan otdik oynadan,
Yuragimiz bir bo'lsin deya,
Bizchi qoldik quchoqlab armon,
Ayrilgandan so'ng kuya kuya...

Sodiq_Yo'ldoshev_2023...

Muallif ruhsatisiz foydalanmang!
https://t.me/sodiq_sherlar