Get Mystery Box with random crypto!

Dada Inson bo’lib hayotga keldim, Kimlar uchun yugurib yeldim | SHERLAR

Dada

Inson bo’lib hayotga keldim,
Kimlar uchun yugurib yeldim?
Haqiqatim shudir, men bildim
Sizni yaxshi ko’raman, dada!

Quvonch ham qayg’uda o’zingiz,
Dardga shifo har bir so’zingiz,
Menga ishonch – nurli ko’zingiz,
Sizni yaxshi ko’raman, dada!

Dedingiz: “Tik tutgin qaddingni,
His qil, bolam, o’zing qadringni,
Hayotda ham bilgin haddingni”
Sizni yaxshi ko’raman, dada!

So’zlaringiz qonun men uchun,
Sizni doim rozi qilish chun,
Na qilay Jannatga kirish chun?
Sizni yaxshi ko’raman, dada!

Ustoz ham siz, o’zingiz sirdosh,
Siz borsizki – omondir bu bosh,
Hayotimga misoli quyosh,
Sizni yaxshi ko’raman, dada!

Omon bo’lsa tan-u jonimda,
Ikki dunyo sizni yonimda,
Ilohim ko’ray har onimda,
Sizni yaxshi ko’raman, dada!


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss