Get Mystery Box with random crypto!

SHUNCHAKI... Samolar bagʻriga chorlaydi tinmay, Yurak hayro | SHERLAR

SHUNCHAKI...

Samolar bagʻriga chorlaydi tinmay,
Yurak hayron qolar sababin bilmay.
Dil amri aqlni aytganin qilmay,
Shunchaki yashashni istamay qoldim.

Yulduzlar poyimga gullar sochsa ham,
Mendan nari ketsa, bezgandan alam.
Yurakdan ketmasa ogʻir toshday gʻam.
Shunchaki yashashni istamay qoldim.

Dilni pora qilar, yurak nolasi,
Yuzlarni silaydi koʻzlar jolasi.
Hayotga toʻymagan inson bolasi,
Shunchaki yashashni istamay qoldim.

Qalamga zeb berdim, alamim olib,
Yurakni qiynadim, bir ishqni solib.
Qaniydi, ketsaydim,shu boshim olib,
Shunchaki yashashni istamay qoldim.

Dunyo ogʻu boʻlsa, ichsam qonguncha,
Tilsam bagʻri dilim kuyib yonguncha.
Azobla yashamoq ogʻir oʻlguncha,
Shunchaki yashashni istamay qoldim.

Telba dilim allalab, ovutib biroz,
Ishqim ado qildi, bir hazin ovoz.
Qaniydi uchsaydim, samoda bir oz,
Shunchaki yashashni istamay qoldim.

Shunchaki...

IRODAXON QOSIMOVA.
23.03.2022.    21:00


https://t.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



anba: @sherlar


        #like_boss