Get Mystery Box with random crypto!

Туғилган кун муборак! BIR KECHINMA TARIXI Sinfimizda g‘oyatd | She’riy lahzalar

Туғилган кун муборак!

BIR KECHINMA TARIXI

Sinfimizda g‘oyatda zebo
qiz bor edi.
Chehrasi gulgun.
Hamma uni sevardi!
Men esa aslo –
hamma uni sevgani uchun!

Yillar o‘tdi.
Men avvalgiday
Oshiqlarga boqaman mahzun.
Gʻashim kelar,
Vatanim, netay
hamma seni sevgani uchun.

Tashlamasman rashkim firqasin,
taroshlaydi tuyg‘ular meni!
Ehtimol, men…
Xudo asrasin –
hech kim sevmay qo‘yganda seni…

Shahriyor Shavkat