Get Mystery Box with random crypto!

Nilufar Ergasheva Temur Malikka Muzaffarlik istayotgan to‘l | Шеърият кечаси | Ўзбек ва жаҳон адабиёти

Nilufar Ergasheva

Temur Malikka


Muzaffarlik istayotgan to‘lqinlarda
ming bag‘ir shaxt, ming bag‘ir qasd,
ming bag‘ir xun.
aralashib oqib kelar mo‘g‘ul tomon
Ona Sayhun,
ona Sayhun,
ona Sayhun.

Xo‘jand uchun daryolari misli qilich
G‘anim kelsa, baland tog‘lar asl qalqon.
Mansab quvib Moraziydek sotib o‘tdi
har lomakon,
har lomakon,
har lomakon.

Sahrodagi quyunlarning joni chiqdi,
Gir aylanib shahidlarga kafan bo‘ldi.
Ishratgohda hokimlarning bodasidan
Vatan o‘ldi,
Vatan o‘ldi,
Vatan o‘ldi.

Sayhun kabi chayqaladi azim Xo‘jand
Dasht haydaydi egasi yo‘q suruvlarni.
Yov navkari keng maydonda chopib tashlar
Vatanidan beva qolgan suluvlarni.

Temur Malik,
jangga shaylan, haq deb kurash
Bilki, sendan xoin avlod qolmasin hech.
Ko‘ksin mushtlab alp Temurlar tug‘ilsin-ey
Vatan desin, erta-yu kech, erta-yu kech.


Temur Malik,
yig‘lmasin buyuk tarix
Angladimki, yig‘latganlar qo‘rqoq, shermas.
Yo‘lbars o‘g‘lon, tulkilarga, qashqirlarga,
Tilin bermas,
dilin bermas,
elin bermas!

@sheriyat_kechasi