Get Mystery Box with random crypto!

SHER,MAQOL,TOPISHMOQ

Telegram kanalining logotibi sher_maqol — SHER,MAQOL,TOPISHMOQ S
Telegram kanalining logotibi sher_maqol — SHER,MAQOL,TOPISHMOQ
Kanal manzili: @sher_maqol
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.69K
Kanalning ta’rifi

Лайло Алишеровна канали
Каналда болаларнинг Севимли шоираси Кавсар Турдиева ва бошка болалар шоирлари шеърларидан фойдаланилади.

Admin : https://t.me/Leyla_1206

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-18 05:40:46 Ajoyib shaharcha.


Biz shaharcha quramiz,
Oddiy emas, naq qasr.
Unda do‘stlar yashaymiz,
Shodu~xurram va ahil.

Shaharchada qad rostlar,
Katta~kichik binolar.
Muhtasham kinozalda,
Ko‘rib qiziq kinolar.

Bo‘lar hayvonotbog‘i
Sher ham, yo‘lbars ham shunda.
Fil, zebra, ayiq, ohu,
Parvarishlaymiz kunda.

Do‘konlar ham quramiz,
O‘zimiz xohlaganday.
Daraxtlar konfet solar,
Xuddi ertakdagiday.

Do‘kondan o‘yinchoqlar,
Sizni poylab turadi.
O‘tib qoldangiz agar,
Birga uyga yuradi.

Suv o‘rnida oqadi,
Ariqlardan shokolad.
Hammamizga yoqadi,
Guldek o‘sgan marmelad.

Qo‘ng‘iroqgul ichidan,
Tanlab oling muzqaymoq.
Shirin kulcha tayyorlar,
Bizga~chi, momaqaymoq.

Shaharchamizda yana,
Bo‘ladi arg‘imchoqlar.
Ko‘rayapsizmi ana,
Ko‘kka o‘char toychoqlar.

Kitob do‘konlarida,
Bizni ko‘lib qarshilar.
Ertakdagi parilar,
~Keling~deydi~yaxshilar.

Kitoblar ham sehrli,
O‘zi so‘zlay oladi.
Ko‘zli,burun,og‘izli,
Hayratlarga soladi.

Mazzada shunday kitob,
Sening bilan do‘st bo‘lsa.
Yalinmaysanda,o‘rtoq,
Ertak eshitging kelsa.

Havasingiz keldimi,
Bizning shaharchamizga?
Kelayvering,tortinmang,
Inoq yashaymiz bunda!

Xasanova Nilufar
17-avgust.2021-yil.

Hafta mavzusi uchun
1.4K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 Машина

Би-би-би -
Гудит машина.
(Постукиваем кулачком одной руки о ладонь другой)
Тук-тук-тук -
Мотор стучит.
(Хлопаем в ладоши)
- Едем, едем, едем, едем,
Он так громко говорит.
(Ритмично топаем ногами)
Шины трутся о дорогу.
Шу-шу-шу -
Они шуршат.
(Потираем ладони)
Быстро крутятся колеса.
Та-та-та -
Вперед спешат.
(Показываем ручками, как крутятся колесики)
1.2K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 ULOQCHA

Sakrab yurar uloqcha,
Bo'ynida qo'ng'iroqcha.
Uloqchaga suv berar
Tol tagida buloqcha.
Uloqchaning fe'lidan
Qo'rqib turar nihollar.
Sindirma deb niholni,
Quvlab qolar shamollar
Qarang echki xolani
Shoxini, suzib kelar.
Dikirlama, uloqcha,
Bebosh-u bequloqcha!
Yaxshi gapga kirmasang,
Suv bermaydi buloqcha!
1.2K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 PAXTA

Chanoqlarda
Oppoq paxta
Kulib turar,
Qanday baxt-a!
Erkalanib
Tebranadi,
Yal-yal yonib
Tovlanadi.
- Rahmat senga,
Aziz dehqon.
Uyding bizdan
Ulkan xirmon.
Mehnatingdan
Oltin bo'ldik,
Chanoqlarga
Lim-lim to'ldik.
1.1K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 ONA-TABIAT

Qish der: - Kumush qorim bor, qorbobo yasang!
Bahor der: - Gulim ko'rkam,
Guldasta yasang!
Yoz der: - Suvim beg'ubor,
Suz baliq misol!
Kuz der: - Mevam, bolim bor,
Bari senga, ol!
Demak, ona-tabiat
Bizni der har vaqt.
1.1K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 KUZ

Yana xazonrezgilik,
Bog'lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq ko'ylakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag'-chag'laydi zarg'aldoq
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar,
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar
1.1K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 SHO'X SHAMOL

Sho'x shamol bog'ga kirib,
Rosa qildi to'polon.
Daraxtlarni silkitib,
Olma qoqdi bearmon.
Ishi zarur ekanmi,
Vaqti bitib qolibdi.
Birorta ham olmani,
Olmay ketib qolibdi.
1.1K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 Kuz

Tongda turib bog'ga kirdim,
Miltillar qirov.
Go'yo tunda ko'kdan shakar
Sepgandek birov.

Erta bahor ekkan edim
O'n besh tup ko'chat.
Bargin to'kib, yosh novdasi
Qolibdi faqat.

Yozning issiq kunlarida
Beribdi bardosh.
Agar qishda childam bersa,
To'ladi bir yosh.

Uch yil o'tgach, deyman - Do'stlar
Bog'ga marhamat!
Qaytar chog'i meva tutay,
To'ldirib savat.
#sher
1.1K views02:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 05:40:45 Kuz barkashi

Mana keldi kuz beka,
Bizga bag'rini ochib,
Quyosh hamon turibdi,
Zarli nurlarin sochib.
Dalalarda mevalar,
Shirin bo'lib pishadi,
Dehqon bobo ularni,
Birma-bir uzishadi.
Daraxtlar esa yana,
Libosin yechishadi.
Qishbek kelgan zahoti,
Uyquga ketishadi.
1.1K views02:40
Ochish/sharhlash