Get Mystery Box with random crypto!

SHER,MAQOL,TOPISHMOQ

Telegram kanalining logotibi sher_maqol — SHER,MAQOL,TOPISHMOQ S
Telegram kanalining logotibi sher_maqol — SHER,MAQOL,TOPISHMOQ
Kanal manzili: @sher_maqol
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.69K
Kanalning ta’rifi

Лайло Алишеровна канали
Каналда болаларнинг Севимли шоираси Кавсар Турдиева ва бошка болалар шоирлари шеърларидан фойдаланилади.

Admin : https://t.me/Leyla_1206

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-17 09:32:26
https://t.me/sher_maqol
1.5K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26
ОСЕНЬ

Между елок , между сосен
Осторожно бродит осень .
Осень - рижая лиса -
Красит в рыжний цвет леса.

Но зеленого убора
Не покрасить ей у бора:
Для лисы остры и колки
Леса хвойные иголки.

https://t.me/sher_maqol
1.4K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26
https://t.me/sher_maqol
1.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26
Kuz fasli

Tut daraxti yoz bo'yi,
Yana qaytgan asliga .
Baxorda ipak qurti ,
Tashna bo'lar bargiga .

Yozda men ko'rgan qushlar,
Janub tomon ketibdi .
Kuz fasli demak dostlar,
O'lkamizga kelibdi .

She'r maqol topishmoq kanaliga obuna boʻling !!



https://t.me/sher_maqol
1.4K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26 Kuz

Yana xazonrezgilik,
Barglar rangi siniqdi .
Dilda xokim ezgulik,
Anxorda suv tiniqdi .

Oq yaktakli qayinlar,
Taqdi yana raz baldoq.
Qushlarga gap tayinlab ,
Chag'-chag'laydi zarg'aldoq .

Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayirlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar.

https://t.me/sher_maqol
1.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26
https://t.me/sher_maqol
1.1K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26 KUZ

Tongda turib bog'ga kirdim,
Miltillar qirov.
Go'yo tunda ko'kdan shakar
Sepgandek birov.
Erta bahor ekkan edim
O'n besh tup ko'chat.
Bargin to'kib, yosh novdasi
Qolibdi faqat.
Yozning issiq kunlarida
Beribdi bardosh.
Agar qishda childam bersa,
To'ladi bir yosh.
Uch yil o'tgach, deyman
- Do'stlar
Bog'ga marhamat!
Qaytar chog'i meva tutay,
To'ldirib savat.
https://t.me/sher_maqol
1.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26 Kuz

Suvotlari to'la irmoqni
Muzdek qilib qo'ydi sunbula.
Yel tortqilab barqut yaproqning
Yuragiga soldi g'ulg'ula.
Ko'kda yana oppoq turnalar
Arg'imchoqlar solib uchishdi.
Biz maktabga chopdik, tillarang
Terakzorlar yig'lashga tushdi.
https://t.me/sher_maqol
1.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26 KUZ

Saratonning tafti yo'q,
Quyosh boqar olisdan.
Ajib bir is taralar
Hov, qirdagi polizdan.
Daraxt bargi tillarang,
Mevalardan tomar bol.
Dalalarga bir qarang,
Oq gullardan chamanzor.
Sunbulaning suvlari
Shishadan ham tiniqroq.
Uchib borar turnalar,
Ko'kda solib arg'imchoq.
Yig'im-terim avjuda,
Bir dam qolmas to'xtalib.
Hademay qish yo'rg'alar
Oq ko'rpasin ko'tarib.

@Tarbiyachi_MTT
1.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:32:26 Oltin kuz

Bo'm-bo'sh dala qir
Yog'adi yomg'ir.
Tinmay mujjasin,
Bu qanday fasl?
Qushlar uchdilar,
Barglar tushdilar.
Sariq dala-tuz,
Hamma yoqda kuz!
@Tarbiyachi_MTT
1.3K views06:32
Ochish/sharhlash