Get Mystery Box with random crypto!

KUZ Yana xazonrezgilik, Bog'lar rangi siniqdi. Dilda hokim ez | SHER,MAQOL,TOPISHMOQ

KUZ

Yana xazonrezgilik,
Bog'lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq ko'ylakli qayinlar
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag'-chag'laydi zarg'aldoq
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar,
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tangalar