Get Mystery Box with random crypto!

Bill Geytsdan ham boy odam Bill Geytsdan soʻrashdi: Bu dunyod | Shaxsiy Blog1

Bill Geytsdan ham boy odam

Bill Geytsdan soʻrashdi: Bu dunyoda sizdan ham boy odam bormi?
Geyts: Ha, mendan ham boyi bor, deb javob berdi.
- Kim u? - soʻrashdi.
- Oʻqishlarimni tugatib, Microsoft shirkatini qurish ishlari bilan uchib ketish uchun Nyu-York aeroportiga bordim. U yerda bir gazeta sotuvchisiga koʻzim tushdi. Qoʻlidagi gazetalardan biri diqqatimni tortdi. Qoʻlimni choʻntagimga soldim, mayda pulim yoʻq edi. Biroz uzoqlashdim, oʻsha qoratanli va yosh gazetachi bola yonimga yugurib kelib:
- Janob, marhamat, gazeta mendan sizga hadya, deb gazetani uzatdi.
Men unga: yonimda mayda pul yoʻq, dedim.
U ham: Men buni sizga hadya qildim, dedi.
Bu hodisadan roppa-rosa 3 oydan keyin aynan oʻsha aeroportda yana uchrashib qoldik. Bir gazeta diqqatimni tortdi. Yana choʻntagimda maydam yoʻq. Bola gazetani uzatib, oling, dedi. Men unga: bolam, oʻtgan safar ham shunday holat yuz bergandi. Sen shunday holatda har koʻrgan odamingga gazeta hadya qilasanmi? - deb soʻradim.
- Albatta, men hadya berganimda chin qalbimdan beraman. Bu menga xursandchilik ulashadi, xotirjam boʻlaman...

Bill Geyts aytadi:
- Bu gap mening xayolimni shunday qamrab oldiki, bir savol qiynay boshladi: qiziq, bu bola qaysi mantiq va qaysi hissiyotga asoslanib bunday dedi!?

Oradan 19 yil oʻtdi. Moddiy tomondan oʻzimni tiklab, dunyoning eng boy odamiga aylandim. Oʻsha bolaning yaxshiligini qaytarish maqsadida bir guruh tuzdim. Ularga oʻsha bolani qidirib topishlarini tayinladim. Ularga oʻsha aeroportga borib, menga gazeta sotadigan qoratanli bolani topib kelishlarini buyurdim. Bir yarim oydan keyin bir joyda uning qoravullik qilayotganini bildim. Unga taklifnoma yuborib, ofisimga taklif qildim. Kelganida:
- Meni tanidingmi? - deb soʻradim.
U ham: - Albatta, Siz Bill Geytssiz. Sizni hamma taniydi, dedi.
- Esingdami, sen yoshligingda gazeta sotarding, menda mayda pul boʻlmagandi, sen menga gazetani hadya qilganding. Buni nima uchun qilganding?
- Buning maʼlum bir sababi yoʻq. Bir kishiga evaziga hech narsa kutmasdan bir narsa bersam, xursand boʻlaman, huzurlanaman.
- Men senga oʻsha yaxshiligingni qaytarmoqchiman. Istaganingni soʻra.
- Qanaqasiga qaytarasiz?
- Nima istasang soʻra, beraman...
Yigit kulib turib:
- Nima soʻrasam oʻshani berasizmi? Rostmi?
- Ha, soʻra...
- Sizga rahmat, janob. Lekin hech narsaga ehtiyojim yoʻq.
- Bir narsa soʻrashing kerak, yaxshiligingni qaytarmoqchiman.
- Janob Bill Geyts, sizning kuchingiz koʻp narsaga yetadi. Lekin mening yaxshiligimni qaytara olmaysiz...
- Nima demoqchisan? Qanday qilib qaytara olmasligim mumkin?
- Siz bilan mening oramdagi farq, men sizga oʻzim muhtoj boʻlib turib berdim, lekin siz boylikning choʻqqisiga chiqqanda qaytarmoqchisiz. Shunday ekan, uni qaytara olmaysiz. Lekin siz qilmoqchi boʻlgan yaxshilikdan xursand boʻldim. Katta rahmat.

Bill Geyts aytadi:
Yigitning oʻsha gapi uning mendan boy ekanligini his qilishimga sabab boʻldi. Chunki, berishning eng yaxshisi ehtiyojing boʻlib turib berishingdir. Bu yigit aynan shunday qildi.

Abdulloh Rahimboyev tarjimasi