Get Mystery Box with random crypto!

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi sharqshunos_tahlilchilar — «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi S
Telegram kanalining logotibi sharqshunos_tahlilchilar — «Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi
Kanal manzili: @sharqshunos_tahlilchilar
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.64K
Kanalning ta’rifi

@Sharqshunos_tahlilchilar - Sharq olamida sodir bo‘layotgan yangiliklar va voqealar siyosiy tahlili, tarixiy-falsafiy mushohadalar va ilmiy mulohazalarni biz bilan kuzatib boring!
Murojaat uchun: @TahlilchilargaMurojaat_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 17:16:58
Si Szinpin va Putin shu yil noyabr oyida Indoneziyaning Balidagi G20 sammitida ishtirok etadi

Indoneziya Prezidentining uzoq yillik maslahatchisi aytishicha, juma kuni Xitoy va Rossiya yetakchilari Si Szinpin va Vladimir Putin joriy yilning noyabr oyida Bali orolida boʻlib oʻtadigan G20 sammitida ishtirok etadilar.

Vazirlar Mahkamasining sobiq kotibi va Prezident Joko Vidodoning norasmiy maslahatchisi, xalq orasida Jokovi nomi bilan tanilgan Andi Vidjajanto Reuters agentligiga ikki yetakchi sammitda ishtirok etishini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
3.2K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2022-08-19 13:29:24
Soʻnggi yuz yil mobaynida Afgʻonistonda rahbar boʻlgan shaxslar:

1. Habibulloh Sirojulmalik
2. Omonullohxon
3. Amir Habibulloh Kalakoniy
4. Muhammad Nodirshoh
5. Muhammad Zohirshoh
6. Muhammad Dovud
7. Nur Muhammad Tarakkiy
8. Hafizulloh Amin
9. Babrak Karmal
10. Doktor Najib
11. Hazrat Mujaddadiy
12. Ustoz Rabboniy
13. Mulla Umar (Tolibon)
14. Hamid Karzay
15. Ashraf Gʻani Ahmadzay

16. Mulla Haybatulloh Ohunzoda

Yuqoridagilardan faqat toʻrttasi — Babrak Karmal, Sibhatulloh Mujaddadiy, Rabboniy va Hamid Karzay hokimiyatni tinchlik bilan oʻz davomchilariga topshirdilar. Boshqalari oʻldirilgan, shahid boʻlgan yoki qochgan.

@Sharqshunos_tahlilchilar
2.8K viewsedited  10:29
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:52:46
Bugun Afg‘oniston mustaqilligiga 103 yil to‘ldi.

Afg‘oniston mashaqqatli yo‘llar, katta siyosiy o‘yinlar girdobida qolgan mamlakat sifatida o‘z mustaqilligini nishonlashiga to‘g‘ri kelmoqda.

Rasmda Omonullaxon. Mustaqil Afg‘oniston asoschisi. (1919-yil 19-avgust)

@Sharqshunos_tahlilchilar
2.6K views07:52
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:43:23
Prezident Rejeb Tayyib Erdog‘an bir kunlik ish safari bilan Ukrainaning Lvov shahriga borib, Vladimir Zelenskiy va BMT rahbari Antoni Gutterish bilan uchrashdi

Turkiya raisligi xabar berishicha, Erdog‘an, Zelenskiy va Guterrish Ukraina-Rossiya urushini diplomatik yo‘llar bilan tugatish va Ukraina g‘allasini jahon bozorlariga eksport qilish mexanizmini saqlab qolish uchun qanday qadamlar qo‘yilishi mumkinligini muhokama qildi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Guterrish uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng g‘alla yetkazish harakati bilan tanishish uchun Ukrainaning port shahri Odessaga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Shu uchrashuvdaTurkiya va Ukraina mudofaa rahbarlari ham yigʻilishdi. Liderlarning ikki tomonlama uchrashuvi doirasida Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar va ukrainalik hamkasbi Oleksiy Reznikov uchrashuv oʻtkazdi. Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi bayonotida, Akar va Reznikov ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdi.

@Sharqshunos_tahlilchilar
2.4K viewsedited  07:43
Ochish/sharhlash
2022-08-18 20:31:35
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1,5 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ushbu loyiha nafaqat mintaqadagi, balki butun dunyodagi eng yirik shamol stansiyasiga aylanadi. Shamol stansiyasi quvvati 1,65 million xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yiliga 2,4 million tonna uglerod chiqindilarini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.9K views17:31
Ochish/sharhlash
2022-08-18 18:55:05 Qozog‘iston Prezidenti 24-avgust kuni Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan boradi


Davlat rahbari Qosim-Joʼmart Toqayev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 24-avgust kuni rasmiy tashrif bilan Boku shahriga kelishi kutilmoqda.

Ozarbayjon poytaxtida ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Muzokaralar kun tartibidan savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan boʻlib, uning yakunlari boʻyicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.7K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-18 17:17:42 O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

Joriy yil 17-avgust kuni Kobul masjidlaridan birida kechki namoz paytida sodir etilgan portlash natijasida ko'plab insonlarning o'limi va jarohatlangani to'g'risidagi xabarni chuqur qayg'u bilan qabul qildik.

Mazkur terrorchilik xurujini qat'iy qoralaymiz hamda ushbu vahshiyona xatti-harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo'yicha barcha choralar ko'rilishiga umid qilamiz.

Halok bo’lganlarining oilalari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog’ayib ketishini tilaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.5K views14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-17 21:09:12
Kobulning Xayrxon kvartalida portlash
Aamaj News xabar berishicha, bu hodisa “Siddiqiya” masjidida shom namozi vaqtida sodir bo‘lgan.
Ayrim manbalar hujumda so‘fiy ulamo Amir Muhammad Kobuliy va uning bir qancha shogirdlari halok bo‘lganini da‘vo qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.7K views18:09
Ochish/sharhlash
2022-08-17 13:15:25
Tehron konferensiyasida Cherchil Stalinni gʻazablantirish uchun shunday dedi:

- Bugun men Yerning Prezidenti etib tayinlanganimni orzu qilaman!
Ruzvelt: Men esa olamning Prezidenti etib tayinlanganimni orzu qilaman!
Stalin trubkasini asta yoqib, xotirjamlik bilan javob berdi: - ammo men hech kimni maʼqullamasligimni yaxshi bilaman.

Siyosat doim muvozanatlar ustida quriladi, buziladi va qaytadan tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
3.1K viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2022-08-16 13:05:15 Tolibon Afg'onistonda hokimiyatni egallaganiga 1 yil bo'ldi.

Siyosatshunos, xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspert Akmal Baga Sputnik Afgʻoniston muxbiriga:

Tolibon hokimiyatga kelishi bilan afgʻonlar hayotida “baxtsizliklar bobi” boshlandi va Afgʻoniston “katta qamoqxona”ga aylandi.
Tolibon ichki qonuniylikka erishish uchun hech narsa qilmagan, shuning uchun xorijiy davlatlar bu guruhni tan olmagan.
Bir qator davlatlar o'zlari bilan aloqada bo'lgan vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazgan, biroq bu vakillar "siyosiy xavfsizlik"dan mahrum. Tolibon yaqin kelajakda boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi
”.

Pokiston va Tolibon o'rtasidagi munosabatlar haqida Akmal Baga shunday dedi:

Tolibon mustaqil emas. Ular Dyurand chizig‘ining narigi tomonidan buyruq olishmoqda, Pokiston elchisi esa Afg‘oniston siyosati va xavfsizligiga ochiqdan-ochiq aralashmoqda”.

Siyosatshunos Salmon Ali Do‘stzoda ham Tolibon hokimiyatdagi bir yil ichida ichki legitimlikka erisha olmadi, deb hisoblaydi.

Tolibon Afg‘oniston fuqarolari, ayniqsa ayollar huquqlarini hisobga olmaydi. Tolibonning AQSh oldidagi majburiyatlaridan biri Afg‘onistonning terrorizmning “uyasi”ga aylanishining oldini olish bo‘lgan, ayni paytda al-Zavohiriy Kobulda o‘ldirilgan, Tolibon esa uning qayerdaligi haqida bilmasligini aytgan. Ba'zilar hatto Amerikaga qarshi shiorlar aytishdi. Agar Tolibon Afgʻonistonda yana oʻn yil hokimiyatda boʻlsa, Afgʻoniston xalqi “qiyin kunlarni koʻradi”, yaqin kelajakda mamlakat obodligi va osoyishtaligining istiqboli yo'q”.

Ijtimoiy tarmoqlardagi  sahifalarimiz

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.7K viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash