Get Mystery Box with random crypto!

Buyraklarda tuz va toshlar boʻlsa oksalatga boy mahsulotlardan | Халқ табобати

Buyraklarda tuz va toshlar boʻlsa oksalatga boy mahsulotlardan saqlanish kerak

Oksalatga boy oziq-ovqatlarni muntazam va koʻp miqdorda isteʼmol qilish buyrak-tosh kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi.

Oksalatlar organizmda kalsiyni soʻrilishini oldini oladi, bu esa kalsiy oksalatlarini shakllanishiga olib keladi, ular toshga aylanadi.

Shavel, ismaloq, rovoch, karam, selder, lavlagi, shokolad, qulupnay va hayvon go'shtlari kabi oksalatga boy oziq-ovqatlarni me'yoridan ortiq va doimiy isteʼmol qilishda ehtiyot boʻling.

Bundan tashqari, C vitaminini ortiqcha isteʼmol qilish ham xavfli boʻlib — buyraklarda toʻplanadi va oksalat tuzlariga aylanadi.

Sutkasiga kamida 6 stakan toza suv ichish — buyraklarda tosh hosil bo'lishini oldini oladi.

https://t.me/sharq_tabobati