Get Mystery Box with random crypto!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Ikki kishi do‘z | Shamsuddin Sadruddin

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
«Ikki kishi do‘zaxdan chiqadi. Ular Allohning huzuriga olib boriladilar. Keyin Alloh ularni do‘zaxga (qaytishga) buyuradi. Shunda ulardan biri o‘girilib: «Ey Robbim, bu mening umidim emasdi», deydi. Alloh: «Umiding nima edi?» deb so‘raydi. Haligi kishi: «Meni do‘zaxdan chiqarganingda unga qaytarmasligingni umid qilgandim», deydi. Shunda Alloh unga rahm qiladi va jannatga kiritadi».
(Sahihi Ibn Hibbon, 632)

@Shamsuddin_Sadruddin