Get Mystery Box with random crypto!

Shamseconomy

Telegram kanalining logotibi shamseconomy — Shamseconomy S
Telegram kanalining logotibi shamseconomy — Shamseconomy
Kanal manzili: @shamseconomy
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 58
Kanalning ta’rifi

Nazariya va amaliyot oʻrtasida sarson iqtisodiyot nazariyachisining fikrlari

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-04 13:37:18 Ozod Shams | Kundalik — Shamseconomy ga o'zgartirilgan.
79 viewsedited  10:37
Ochish/sharhlash
2023-03-04 08:25:17 Jinoyat va jazo

Yoshlari 60 dan oshgan ustozimizga forma va soqolning taʼlimga hech qanday taʼsiri yoʻqligini isbotlab berdik.

Keyin esa men 10 daqiqa darsga kech qolishning jazosi 80 daqiqalik darsga kiritilmasligi mantiqsizlikdan boshqa hech narsa emasligini tushuntirdim. Ustoz fikrimga qoʻshildi.

Bu taklifga ham talabga ham bolta urishdek gap.

Bu huddi tanqis vaziyatda sutga suvni aralashtirib sotayotgan doʻkonlarni yopib qoʻyishga oʻxshaydi. Bunday doʻkonlarni yopish bu holatlarni yanada koʻpaytirib yuboradi, taklifni qisqartirish orqali jazolash yanada tanqislikni keltirib chiqaradi. Ya'ni narx koʻtariladi talab ortgach yana shunday sutli suv sotadigan doʻkonlar paydo boʻladi.

Hudo hohlasa qolganlar ham tushunib qolar, hozircha qoʻlimizdan keladigani shu boʻlsa kerak.

@Shamseconomy
82 viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:49:19 Behzod aka tekinga tarqatayotgan chiptalar va hukumatimiz subsidiyalagan energiya

Bilamiz-ki iqtisodchilar narxni har doim bozor belgilashi va savdo faoliyatini bozor mexanizmlari orqali yo'lga qo'yilishi eng ratsional holat deb bilishadi. Lekin bozor muvozanati talab va taklif asosida vujudga kelganidek talab yoʻq yoki xaridor quvvati yetarli boʻlmagan hollar ham boʻladi. Xaridor ehitiyoji pul bilan ta'minlangandagina talabga aylanadi. Taklifni rag'batlantirish uchun uchun talabni yaratish kerak. Hukumatimiz enegiya ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarni qo'llab quvvatlash uchun narxni subsidiyaladi. Bu degani energiya narxining bir qismini davlat budjeti moliyalashtiradigan bo'ldi. Lekin bu ratsional qaror emas edi va oqibatlari yaxshi boʻlmadi.
Narx aholining turli daromadli qatlamlari uchun bir xil qilib qo'yildi. Natijada 10k $ topadigan ham 100 $ topadigan ham bir narxda to'ladi. Modomi-ki 10k $ daromadli energiya iste'moli katta ehtimol bilan 100$ daromadli insondan karrasiga ko'p enegiya isteʼmol qilar edi, va iste'moli uchun bozor narxida to'lay olish qurbiga ham ega edi.
100$ topadigan pulini 20 % (20$) ini energiya uchun to'lasa, 10k $ topadigan kishi esa davlatdan subsidiyalangan energiya ko'proq olishi bilan birgalikda daromadining 10% ga yaqin qismini energiya isteʼmoli uchun to'lar edi yoki to'lamasdi. Afsuslanarlisi bu pastdan yuqoriga qarab shu ko'rinishda o'sib boradi, ya'ni ko'prqoq iste'mol qilgan kamroq to'laydi. Deylik 1$ dan energiya narxi belgilansa, 50¢ ni davlat qoplab bersa agar oddiy oilada 20$ lik isteʼmol qilgan boʻlsa davlat u oila uchun 10 $ toʻlab beradi. Ammo boy oila 200$ lik energiya isteʼmol qilsa davlat u boy oila uchun 100$ toʻlab beradi. Bu yaxshi holat emas.

Behzod aka bilan bu holat qanaqa edi. Behzod aka taklif qilayotgan chipta narxlari tabaqalashtirilgan (sahnadan uzoq yaqinligiga qarab). Afsuski bizda ilm-fanga nisbtan qiziqish u qadar yuqori bo'lmagani va daromadlarimiz pastligi sabab chipta narxlari asosan talabalarga qimmatlik qiladi. Lekin chiptalardan bir necha 100 tasi tekinga beriladigan bo'ldi. Lekin bu tekin tarqatish holati biz subsidayalagan energiyadan ancha yaxshi. Sababi birinchidan narxlar tabaqalashtirilgan ikkinchidan esa, rostan chipta olishni istaganlar forma toʻldirishlari kerak boʻladi. Toʻldirganda ham yutish ehtimoli bor boʻlgan forma qanday boʻlishligini oʻylashlari va buni yozib qoʻyishlari kerak. Shu joyning oʻzida bir nechta hohlovchilar shunchaki borish fikridan qaytadilar. Toʻldirganlarning formasi esa tekshiruvchilar nazoratidan oʻtadi. Haqiqiy hohlovchilar ajratib olinadi.
Keyin esa bu chipta tekin emas.
Forma toʻldirish uchun vaqt va enegiya + Talksdagi suhbat = Bu ham aslida bir toʻlovdir.
Oxirida berilgan savol ham: "Rostdan ham chipta uchun yordamga muhtojmisiz? " talabgorlarni anchagina saralab beradi.

Xullasi kalom tekin taom tekin emas.
Bu huddi Nexiani tekinga tarqatib, "Tahoe"ni Malibu narxida hammaga bir tekis sotishga oʻxshaydi.

@Shamseconomy
96 viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2023-03-01 21:21:06
Bepul chipta olish imkoniyati! Tashkent Talks: Jeyms Robinson bilan uchrashuv 2023- yilning 17-mart Juma kuni soat 17:00da Toshkentdagi "Intercontinental" mehmonxonasida tadqiqotchilar, talabalar, iqtisodchi va moliyachilar va albatta biznes doiralari hamda…
73 views18:21
Ochish/sharhlash
2023-03-01 19:53:16 Qonun ishlashi, otasini koʻrib qizini ol, yoxud qush inida koʻrganini qiladi...

Bular oʻrtasida bogʻliqlik yoki bir-biriga oʻxshash falsafa koʻryapsizmi?

Mana qarang: Koʻpchilik onasini koʻrib qizini ol deyishadi, lekin ota hamiyatli taqvodor boʻlsa ona shunchalik hayoli boʻladi. Qiz esa otasini koʻrib tarbiya va va onasini koʻrib erkakka munosabatni shakllantiradi.
Demak amal orqali tarbiya qilinyapti.
Ota-ona amallari orqali: kitob oʻqi deyish bilan emas, kitob oʻqish orqali oʻrnak boʻladi.

Endi oʻsha er oʻz oilasida shu kabilarni joriy qila olmay turib, mahallaga rais boʻlib qolsa va buyoqda qizlari va qizlariga qoʻshilib kuyovlari bilganini qilsa qoʻl ostidagilar hoʻp deb ular ham bilganini qiladi.

Ya'ni menga aytishsa-ki sen shuni qilishing kerak...

Menda 2 yoʻl boʻladi: Agar mantiqqa toʻgʻri keladigan ish boʻlsa qilaman yoxud zarim yoki zo'rim boʻlsa chetlab oʻtaman.

Agar har ikki tomondan qisilgan boʻlsam koʻpi bilan qoʻl uchida bajaraman.

https://t.me/Shamseconomy
68 viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2023-03-01 14:04:45 Kambagʻal xalqlar nonni ilohiylashtirib olishadi.
71 views11:04
Ochish/sharhlash
2023-02-28 19:51:19 Bepul chipta olish imkoniyati!

Tashkent Talks: Jeyms Robinson bilan uchrashuv

2023- yilning 17-mart Juma kuni soat 17:00da Toshkentdagi "Intercontinental" mehmonxonasida tadqiqotchilar, talabalar, iqtisodchi va moliyachilar va albatta biznes doiralari hamda mashhur iqtisodchi olim, "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin (https://iticket.uz/ru/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232).

Shunday bo‘lsa-da, biz bir necha yuz dona chiptani bepul taqdim etmoqchimiz.

Agarda sizda uchrashuvda qatnashishga kuchli ishtiyoq bo‘lsa-da, ayni vaqtda bunga moliyaviy imkoniyatingiz bo'lmasa, aslo kuyunmang, siz quyidagi savolnomani, haqqoniy va to‘liq to‘ldirib, bepul taklifnomani qo‘lga kiritishingiz mumkin!

To’ldirish uchun savolnoma:

https://forms.gle/hAQwVvLojZwDrcoP7
67 views16:51
Ochish/sharhlash
2023-02-27 18:49:55 Nazorat va sifat

Bizda har doim sifatni nazorat qilish qandaydir shablonga solish orqali boʻlib kelgan. Qoʻying-ki vaqtlar oʻtib sifat va samaradorlik tushunchalari yangilanib boryapti. Tadbirkorlarni qonuniy ishlashi uchun har xil nazorat turlari yetarlicha. Lekin shunday boʻlsa-da soliqdan qochish va qonunni chetlab oʻtish holatlari kuzatiladi.
Oʻzi savol berish kerak: Nega tadbirkor soliqdan qochish kerak?
Men esa mana bunday savol beraman: Nega qochmasligi kerak?
Soliq yukining ogʻirligi qonunlari bir-biriga teskari boʻlgan, raqobat muhiti aynigan imtiyoz yuqoridan pastga notekis joylashgan biznes muhitida ishlash osonmi?
Bir tadbirkor bilan gaplashib koʻrdim : "Soliqdan tashqari bir oyda shunchaki tarqatib chiqadiganim ##0000$ da" deyapti. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida ishlab koʻrgan kezlarim, ustozlarim aytar edi: Agar biznes muhiti, soliq va imtiyozlar toʻgʻri qoʻyilganda uy narxi bu qadar qimmatlashmas edi degandilar. Oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushuntirsam:
Birinchidan soliq yukining ogʻirligi va imtiyozlar telba-teskari boʻlgan Iqtisodiy sharoitda chet ellik investorlar uyoqda tursin hatto mahalliy biznesmenlar ham pulini ishlab chiqarishga tikmaydi, boshqa xavfsizroq sohaga yoʻnaltiradi. Nima bizda puldorlar kam deb oʻylaysizmi?
Chet ellik investorlar ham ahmoq emas, ular bozor och ekan deb oʻzini urmaydi, nega och deb savol beradi, agar muhit yaxshi boʻlganda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham boʻlar edi deb oʻylashadi.
Ichki ishlab chiqarish juda kam va quyi murakkablikka ega boʻlgan mahsulotlardan iborat sanoat portfeliga egamiz.
Xavfsiz biznes oʻsha uy sotib olib qoʻyishlik boʻlib qoldi. Moliyaviy bozorlar yopiqligi uchun biznes gʻoyaga ega odam ham investor topishga qiynaladi. Davlat nazorat va imtiyoz rolini kamaytirishi kerak.
Imtiyoz dangasalikni, ortiqcha nazorat esa koʻzboʻyamachilikni keltirib chiqaradi.
Bir misol sifatida, bugun darsda Jahon iqtisodiyoti fanida birinchi marta uhlab qoldim, 5 oʻqituvchi kirib dars jarayonini tekshirishdi, shundoq ham kamera qoʻyib qoʻyilgan. Nima boʻlganda ham dars senzuraga boy boʻldi. Men yaxshi savol ustoz esa ochiqchasiga javob bera olmadi. Har holda menga shunday tuyuldi.

Xullasi kalom erkinlikni ragʻbatlar bilan bogʻliq qilib qoʻyilsa hammasi zoʻr boʻladi.
Darsni sifatini ustozlar koʻtaradi, dekanat emas emas, rivojlantirish degan tushuncha yoʻq, rivojlanish bor.

@Shamseconomy
65 views15:49
Ochish/sharhlash
2023-02-27 09:41:30 Ming marta suvni isrof qilmang, metro eshiklariga suyanmang, ahlatni koʻchaga tashlamang... degandan, bir marta suvni bozor narxiga, metro qatnovini tezlashtirib, yoki ahlat tashlaydigan chelaklarni meyoriy masofada joylashtirgan ming marta afzal.

@Shamseconomy
62 views06:41
Ochish/sharhlash
2023-02-25 16:01:18 Yomonning bir yaxshi tomoni

Oʻzbekistondagi Lobbyism va Nepotismning yaxshi tomonidan biri YOII(Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi)ga a'zolikdan toʻsib turganidir.
Yomon tomoni esa JST ga a'zolikka bermayotgani boʻladi.
Har ikkisi ham yomon, lekin biri yomonroq. Har ikkisi ham iqtisodiyotga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Har ikkisi ham mamlakatni qashshoqlashtiradi.

Qarang yomon har doim ham emas.
Ayniqsa manfaatlar bir nuqtada kesishsa...

@Shamseconomy
86 viewsedited  13:01
Ochish/sharhlash