Get Mystery Box with random crypto!

Qonun ishlashi, otasini koʻrib qizini ol, yoxud qush inida koʻ | Shamseconomy

Qonun ishlashi, otasini koʻrib qizini ol, yoxud qush inida koʻrganini qiladi...

Bular oʻrtasida bogʻliqlik yoki bir-biriga oʻxshash falsafa koʻryapsizmi?

Mana qarang: Koʻpchilik onasini koʻrib qizini ol deyishadi, lekin ota hamiyatli taqvodor boʻlsa ona shunchalik hayoli boʻladi. Qiz esa otasini koʻrib tarbiya va va onasini koʻrib erkakka munosabatni shakllantiradi.
Demak amal orqali tarbiya qilinyapti.
Ota-ona amallari orqali: kitob oʻqi deyish bilan emas, kitob oʻqish orqali oʻrnak boʻladi.

Endi oʻsha er oʻz oilasida shu kabilarni joriy qila olmay turib, mahallaga rais boʻlib qolsa va buyoqda qizlari va qizlariga qoʻshilib kuyovlari bilganini qilsa qoʻl ostidagilar hoʻp deb ular ham bilganini qiladi.

Ya'ni menga aytishsa-ki sen shuni qilishing kerak...

Menda 2 yoʻl boʻladi: Agar mantiqqa toʻgʻri keladigan ish boʻlsa qilaman yoxud zarim yoki zo'rim boʻlsa chetlab oʻtaman.

Agar har ikki tomondan qisilgan boʻlsam koʻpi bilan qoʻl uchida bajaraman.

https://t.me/Shamseconomy